add

4 va 5 qavatli uylarga lift o‘rnatish dasturi tayyorlanmoqda

09.07.2025 | 12:4538723

Qurilish vazirligi avval 2000 dan ortiq eski liftni almashtirishni rejalashtirmoqda, so‘ngra. yangi uylarga uskunalar o‘rnatiladi.

4 va 5 qavatli uylarga lift o‘rnatish dasturi tayyorlanmoqda
O‘zbekistondagi 4 va 5 qavatli ko‘p qavatli uylarga lift o‘rnatish bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqilmoqda. Bu haqda 8 iyul kuni Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi rahbariyati ishtirokida AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi. Vazirlik bo‘lim boshlig‘i Aziz Halilovning so‘zlariga ko‘ra, dastlab 9 va 12 qavatli uylardagi mavjud liftlar holatiga yechim topish zarur. Hukumat qaroriga muvofiq, mamlakat bo‘ylab 5 491 ta ko‘p kvartirali uydagi 13 798 ta lift to‘liq xatlovdan o‘tkazilgan. Natijada 2 001 ta liftning xizmat muddati o‘tgani, 382 tasi ta’mirtalab ekani aniqlangan. Bu maqsadda mahalliy byudjetdan 854,6 mlrd so‘m ajratilishi belgilangan. Eskirgan liftlar bosqichma-bosqich yangilangach, keyingi bosqichda 4 va 5 qavatli uylarga lift o‘rnatish ishlari boshlanadi. bugungi kunda mamlakatda 14 637 ta 4 qavatli, 7 541 ta 5 qavatli uy mavjud. Halilovga ko‘ra, mutaxassislar xorijdagi tajribalarni o‘rgangan va shunga asoslangan rejalar tayyorlanmoqda. Qurilish vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva 4 va 5 qavatli uylarda yashovchilar, ayniqsa, nogironligi bor shaxslardan ko‘plab murojaatlar kelib tushayotganini ta’kidladi. Unga ko‘ra, bu murojaatlar asosida dastur ishlab chiqish boshlangan.

Teglar

Mavzuga oid