Logo

6 oyda ish joylarida 137 kishi halok bo‘ldi

Bugun 18:301 daqiqa

O‘zbekistonda yilning birinchi yarmida mehnat faoliyati bilan bog‘liq 447 ta baxtsiz hodisalar sodir bo‘lib, ularda qariyb 500 kishi jabrlangan.

6 oyda ish joylarida 137 kishi halok bo‘ldi

2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda mehnat faoliyati bilan bog‘liq 447 ta baxtsiz hodisa qayd etildi. Bu haqda Davlat mehnat inspeksiyasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur hodisalarning 21 tasi guruhiy, 311 tasi og‘ir oqibatli, 113 tasi esa o‘lim bilan yakunlangan.

Ushbu davrda jami 494 nafar fuqaro jabrlangan. Jabrlanganlarning 337 nafari og‘ir, 20 nafari yengil tan jarohati olgan. Yana 137 nafar xodim esa mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar oqibatida halok bo‘lgan.

Davlat mehnat inspeksiyasi ma’lumotiga ko‘ra, mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar oqibatida jabrlanganlar hamda halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolari foydasiga bir martalik va oylik kompensatsiya to‘lovlari sifatida jami 10 milliard 376 million so‘m undirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil davomida mamlakatda mehnat faoliyati bilan bog‘liq 849 ta baxtsiz hodisa qayd etilgan.

Ularning 216 tasi o‘lim bilan, 583 tasi og‘ir oqibatlar bilan, 50 tasi esa guruhiy hodisalar bo‘lgan. Jami 961 nafar kishi jabrlangan bo‘lib, ularning 248 nafari halok bo‘lgan.

Teglar

Mavzuga oid