
Apple iPhone orqali shaxsiy SI-doktor yaratishni boshlamoqchi
Apple kompaniyasi 2026 yilda iPhone’ni tibbiy maslahatchiga aylantiradigan Health+ xizmati bilan yangi raqamli yo‘nalishni boshlaydi.

Apple kelasi yilda yangi Health+ xizmati orqali tibbiyot sohasiga kirib borishni rejalashtirmoqda. Bloomberg manbalariga ko‘ra, kompaniya o‘zining Health ilovasini tubdan yangilab, unga sun’iy intellekt yordamida faoliyat yurituvchi shaxsiy maslahatchi qo‘shadi. Bu Apple uchun nafaqat yangi xizmat, balki tibbiy SI bozorida yetakchilikka da’vogarlik qilishga urinishdir.
Health+’dagi eng muhim jihat — bu shaxsiylashtirilgan SI maslahatchi. U sog‘liq, kundalik odatlar, ovqatlanish va hayot tarzi bo‘yicha foydalanuvchiga mos tavsiyalar beradi. Ilova shuningdek tibbiyot mutaxassislari tayyorlagan videolar, ta’limiy kontent, ratsionni kuzatuvchi funksiyalar va Apple Watch bilan integratsiyani o‘z ichiga oladi. Qurilma biometrik datchiklar yordamida jismoniy holatni baholab, maslahatlarni yanada aniqlashtirishga harakat qiladi.
Apple shu bilan birga o‘zining ovozli yordamchisi Siri’ni ham qayta ishlab chiqmoqda. Yangi versiya Google’ning Gemini tili modeli asosida quriladi. Bu orqali kompaniya bir vaqtda ham aqlli interfeyslar, ham raqamli sog‘liqni saqlash sohalarida pozitsiyasini mustahkamlashni maqsad qilmoqda.
Agar Health+ ommalashsa, Apple nafaqat aqlli qurilmalar, balki tibbiy II xizmatlarida ham yetakchiga aylanishi mumkin. Bu esa iPhone va Apple Watch atrofidagi ekotizimni yanada mustahkamlab, kompaniya uchun yangi biznes yo‘nalishini ochadi.





