«Apple» tarixi va kelajagi – 50 yillik yo‘l va SI bilan raqobati

Bugun 15:353 daqiqa

«Apple» qanday qilib dunyodagi eng qimmat kompaniyalardan biriga aylandi? 50 yillik tarix, daromadlar va kelajak tahdidlari bilan tanishing.

«Apple» tarixi va kelajagi – 50 yillik yo‘l va SI bilan raqobati

1976-yil boshlarida Kaliforniyada Stiv Voznyak o‘zi havaskorlar uchun mahalliy mashhur klubda ulashishni rejalashtirgan komputer platasining sxemasini yakunlagan edi. Uning do‘sti Stiv Jobs ham ushbu platalarni ishlab chiqarish va sotishda biznes imkoniyatini ko‘rdi va shu tariqa «Apple» kompaniyasiga asos solindi.

Kompaniya bugun, 1-aprel kuni 50 yoshga to‘ldi. Uning yuksalishi komputerlar va smartfonlarni ommalashtirib, mobil ilovalarni keng tarqatib, qurilmalar va dasturiy ta’minot qanday yaqin integratsiyada ishlashi mumkinligini namoyish etish orqali texnologiya industriyasi va ommaviy madaniyatga katta ta’sir ko‘rsatdi.

Biroq «iPhone» ishlab chiqaruvchi kompaniya hozir sun’iy intellekt davrida yetakchi texnologiya kompaniyasi bo‘lib qolishini ko‘rsatish bosimi ostida. Chunki raqobatchilar «Alphabet» va «Microsoft» ustunlikni qo‘lga kiritish uchun o‘nlab milliard dollar sarflamoqda.

Kompaniya aksiyalari 2022-yil noyabrida «OpenAI» «ChatGPT»ni ishga tushirganidan beri «Magnificent Seven» orasida ikkinchi eng yomon ko‘rsatkichni qayd etdi.

2017-yildan buyon o‘z chiplariga mashinali o‘rganish funksiyalarini joriy etganiga qaramay, tahlilchilar va investorlar ayrim funksiyalarni joriy etishdagi kechikishlar, jumladan qayta ishlangan «Siri», «Apple» sun’iy intellektdan foydalanish borasida iste’molchilar ehtiyojlariga yetarlicha tayyor bo‘lmaganini ko‘rsatmoqda, deb hisoblaydi.

«OpenAI» kabi raqiblar ham smartfonlar uzoq yillardan beri saqlab kelayotgan ustunlikni buzishga qaratilgan sun’iy intellekt qurilmalarini ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

Shu bilan birga, «Apple» qurilmalari hali ham keng omma orasida juda mashhur bo‘lib qolmoqda. Yangi «iPhone 17» seriyasiga bo‘lgan kuchli talab dekabr chorakdagi daromadlarni oshirdi, 599 dollarlik «MacBook Neo» (kompaniyaning eng arzon noutbugi) ham muvaffaqiyatli ishga tushdi.

«Kompaniya ellik yil davomida o‘zining integratsiyalashgan biznes modeli bilan haqiqiy raqobatga duch kelmadi; uning kelgusi ellik yillik taqdiri sun’iy intellekt qanchalik jozibador bo‘lishi va «OpenAI» haqiqatan ham original «Apple»dan ustun kela olish-olmasligiga bog‘liq bo‘lishi mumkin», – deydi mustaqil texnologiya tahlilchisi Ben Tompson.

Quyida «Apple»ning yuksalishini aks ettiruvchi beshta grafika keltiriladi:

«Apple» aksiyalarining keskin o‘sishi

Kompaniya 1980-yilda birjaga chiqqan, ammo XXI asr boshlaridan so‘ng, «iPhone» bestsellerga aylangani va qurilmalar assortimenti kengaygani sabab aksiyalari sezilarli darajada o‘sdi. Shuningdek, kompaniyaning ichki ishlab chiqilgan M-seriya chiplari «Mac» savdolarining o‘sishiga turtki berib, aksiyalarni qo‘llab-quvvatladi.

1

Yillik tushum yarim trillionga yaqinlashmoqda

«Apple» dunyodagi eng qimmat kompaniyalardan biri bo‘lib, tushum bo‘yicha ham yiriklar qatorida turadi. Yangi «iPhone» seriyasiga bo‘lgan kuchli talab tufayli, kompaniyaning joriy moliyaviy yilida (sentabrda yakunlanadi) 465 milliard dollarlik sotuv qayd etilishi kutilmoqda.

2,

Servislar «Apple» o‘sishining asosiy drayveriga aylanmoqda

«Apple»ning servislar yo‘nalishi «App Store», «Apple Music» va striming xizmatlarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, u kompaniya o‘sishining muhim drayveriga aylangan. Qurilmalar bazasining kengayishi abonent to‘lovlari va ilovalar savdosidan komissiya orqali barqaror daromad keltiradi. Bu holat «Epic Games» kabi kompaniyalar bilan «in-app» to‘lovlar nazorati bo‘yicha bahslarni ham keltirib chiqargan.

3,

Xitoy va rivojlanayotgan bozorlarning hissasi oshmoqda

AQSHda smartfon bozori to‘yingani sayin, Xitoy va Hindiston kabi rivojlanayotgan bozorlar kompaniya daromadlarida tobora kattaroq ulushni egallamoqda.

4,

«Apple»ni «Apple» qilgan mahsulotlar

1976-yilda Stiv Voznyak Stiv Jobs bilan bo‘lishgan plata «Apple I»ga aylandi va bu garajda boshlangan startapdan global maishiy elektronika gigantiga aylanish yo‘lini boshlab berdi. Yillar davomida «Apple» «iPod» kabi mashhur mahsulotlarni yaratdi, hozirgi lineykasida esa smart-chaslar, simsiz quloqchinlar va «Vision Pro» kabi aralash reallik garniturasi ham mavjud.

5,

Teglar

Mavzuga oid