add

AQSH davlat qarzi ortishi fonida oltin 4 kundan beri o‘smoqda

22.05.2025 | 17:2045803

AQSH davlat qarzi ortishi fonida oltin 4 kundan beri o‘smoqda
Oltin narxi 22 may kuni so‘nggi ikki haftadagi eng yuqori nuqtaga yetdi. Reyter agentligining xabar berishicha, ushbu holat AQSH davlat qarzi borasidagi xavotirlar ortib borishi bilan bog‘liq. Spot bozorida bir troy unsiya oltin narxi 3312,68 dollar darajasida mustahkamlandi. Saxo Bank tahlilchisi Ule Hansenning ta’kidlashicha, Moody’s agentligi AQSHning kredit reytingini «Aa1» darajaga tushirgach, oltinga bo‘lgan talab ortdi. Soliq qonunchiligi borasidagi yangi tashabbuslar ham investorlarni ehtiyotkorlikka undayotgani qayd etilmoqda. Ayni paytda, AQSH dollari va fond bozorlarida zaiflik kuzatilmoqda. Bu esa an’anaviy xavfsiz aktivlar sirasiga kiruvchi oltinning qiymatini yanada oshirmoqda. Moody’s fikriga ko‘ra, AQSHning umumiy davlat qarzi 36 trln dollarga yetgan va yana bir necha trln dollarga oshishi mumkin. Kongressda Donald Tramp tomonidan taklif etilgan soliq imtiyozlari loyihasi muhokama qilinmoqda. Uning qabul qilinishi byudjetga yana katta bosim yuklashi mumkin. Bu esa bozorlarda yangi xavotirlarni keltirib chiqargan. Shu paytda boshqa qimmatbaho metallar pasayishni boshladi: palladiy 2,78 foizga arzonlab, 1008,7 dollar, kumush 0,29 foizga tushib, 33,28 dollar, platina esa 1,08 foizga pasayib, 1064,83 dollar darajasini tashkil etdi.

Teglar

Mavzuga oid