Logo

Bexzod Narmatov Prezidentga maslahatchi bo‘ldi

14.05.2026 | 18:541 daqiqa

U bunga qadar Prezidenti administratsiyasining neft-gaz sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha loyiha ofisi shu’ba mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Bexzod Narmatov Prezidentga maslahatchi bo‘ldi © sputniknews.uz

Bugun, 14-may kuni O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan Bexzot Raxmatullayevich Narmatov O‘zbekiston Prezidentining yoqilg‘i-energetika masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Sherzod Asadov xabar berdi.

Narmatov mazkur tayinlovga qadar (2026 yil, 23-fevraldan buyon) O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasining neft-gaz sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha loyiha ofisi shu’ba mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Qolaversa, faoliyati davomida tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri maslahatchisi, «O‘ztransgaz» kompaniyasi boshqaruvi raisi, energetika vaziri o‘rinbosari, Energetika vazirligining Geologiya, neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi hamda «Andijonneft» kompaniyasiga rahbarlik qilgan.

Teglar

Mavzuga oid

Bexzod Narmatov Prezidentga maslahatchi bo‘ldi | Vaqt.uz