Chakana va ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi ma’lum qilindi

Bugun 14:252 daqiqa

2026 yilning dastlabki to‘rt oyida chakana savdo tovar aylanmasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 22,9 foizga, ulgurji savdo aylanmasi 12,7 foizga oshdi.

Chakana va ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi ma’lum qilindi © Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

2026 yil yanvar–aprel oylarida O‘zbekistonning chakana savdo tovar aylanmasi qariyb 165,9 trln so‘mni tashkil qildi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 22,9 foizga yuqori bo‘lgan.

1-may holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha chakana savdo sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 101 ming 182 taga yetgan. Shundan faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 558 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 100 624 tani tashkil etadi.

1

Manba: Statistika qo‘mitasi

Ulgurji savdo tovar aylanmasi

Hisobot davrida ulgurji savdo tovar aylanmasi ham ijobiy natijalarni qayd etdi. Statistikaga ko‘ra, yanvar–aprel oylarida mazkur ko‘rsatkich 155,9 trln so‘mni tashkil qildi.

Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12,7 foizlik o‘sishni anglatadi. Ulgurji savdo segmenti iqtisodiyotning turli tarmoqlari o‘rtasida tovarlar harakatini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.

2026 yil 1-may holatiga respublikada ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 57 ming 301 tani tashkil etgan. Ulardan 517 tasi yirik korxonalar hisoblanib, qolgan 56 ming 784 ta subyekt esa kichik korxona va mikrofirmalar toifasiga kiradi.

2

Manba: Statistika qo‘mitasi


Umumiy ovqatlanish korxonalari savdo tovar aylanmasi

2026 yil 1-may holatiga O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 32 ming 266 taga yetdi. Ulardan 266 tasi yirik korxona bo‘lsa, 32 mingtasi kichik korxona va mikrofirmalardan iborat.

4 oy davomida umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 69,8 trln so‘mni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich 2025 yilning shu davriga nisbatan 7,2 foizga oshgan.

Sohadagi aylanmaning asosiy qismi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Hisobot davrida umumiy savdo aylanmasining 79,8 foizi aynan ushbu toifadagi korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Shu bilan birga, yirik korxonalarning savdo aylanmasidagi ulushi 20,2 foizni tashkil etgan.

Teglar

Mavzuga oid