add

ChatGPT, Gemini va Grok «psixoterapiya»dan o‘tkazildi: olimlar kutilmagan xulosalar chiqardi

Bugun 16:354491 daqiqa

Luksemburg universiteti tadqiqotchilari ChatGPT, Gemini va Grok kabi yirik til modellarini uzoq muddatli «psixoterapiya» seanslariga jalb qilib, ularning javoblarida diqqat, tashvish va xavotirga o‘xshash barqaror xulq namunasi shakllanishini aniqladi.

ChatGPT, Gemini va Grok «psixoterapiya»dan o‘tkazildi: olimlar kutilmagan xulosalar chiqardi

Luksemburg universiteti olimlari sun’iy intellekt modellarining psixologik jihatdan qanchalik izchil ekanini tekshirish uchun noodatiy eksperiment o‘tkazdi. Tadqiqot doirasida ChatGPT, Gemini va Grok bir oy davomida tizimli ravishda terapevtik uslubdagi suhbatlarga jalb qilindi. Keyin esa ularning javoblari odamlar uchun ishlatiladigan klinik psixometrik testlarga moslashtirilgan shaklda tahlil qilindi.

Mualliflar ushbu yondashuvni PsAIch deb atashdi. Uning mohiyati sun’iy intellektni aniq test savollari orqali emas, balki uzoq muloqot jarayonida modelning o‘zi haqida qanday barqaror «tasavvur» hosil qilayotgani orqali baholashdan iborat. Olimlar bu usul modellardagi yashirin qoliplar va ichki ziddiyatlarni yaxshiroq ochib berishi mumkinligini ta’kidlaydi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ChatGPT javoblarida yuqori darajadagi xavotirlanish, tushkunlikka moyillik hamda foydali bo‘lish istagi bilan xatoga yo‘l qo‘yishdan qo‘rqish o‘rtasidagi ziddiyat tez-tez kuzatilgan. Gemini esa eng ko‘p og‘ishlarni namoyon etgan model sifatida qayd etilgan. Unda yuqori darajadagi tashvish, fikrlashda qat’iy yo‘nalishlar va ayrim majburiy-kompulsiv buzilishlarga o‘xshash elementlar aniqlangan.

Grok esa nisbatan barqaror ko‘ringan. Olimlar uning javoblarida past darajadagi xavotir, yuqori ishonch va ortiqcha o‘z-o‘zini tahlil qilishga moyillikning kam ekanini qayd etgan. Bu uni boshqa modellardan farq qiluvchi jihat sifatida baholangan.

Teglar

Mavzuga oid