Logo

Nepaldagi suv toshqinlari oqibatida 160 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Bugun 12:442 daqiqa

Nepal va Xitoyning Tibet hududi bo‘ylab qariyb 1500 kishi, jumladan 800 nafar xorijlik sayyohlar bedarak yo‘qolgan.

Nepaldagi suv toshqinlari oqibatida 160 dan ortiq kishi halok bo‘ldi © Ap

Nepalning Xitoyga qarashli Tibet hududi bilan chegarasida yuz bergan kuchli sel oqibatida 160 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, 1500 nafar shaxs bedarak yo‘qoldi, deya xabar bermoqda Reuters nashri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bedarak yo‘qolganlar orasida kamida 800 nafar xorijlik sayyoh bor. Ularning 466 nafari 28 davlat fuqarolari bo‘lgan. AQSHning 54, Buyuk Britaniyaning 33 nafar fuqarosi, shuningdek, Kanada, Malayziya, Ukraina va Rossiya fuqarolari ham yo‘qolganlar ro‘yxatiga kiritilgan.

1

Foto: AP

Halokat sodir bo‘lgan hudud sayyohlar, alpinistlar va ziyoratchilar orasida mashhur bo‘lgani uchun qidiruv ishlari yanada murakkablashgan. Nepal hukumati qurbonlar soni yanada oshishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Nepal politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlarning 64 nafari Chitvan okrugida, yana 26 nafari Sharqiy Navalparasi hududida topilgan. Yo‘qolganlar orasida 28 nafar politsiya xodimi ham bor.

2

Foto: AP

Qayd etilishicha, 5000 dan ortiq harbiy va politsiya xodimi jalb qilingan. Vertolyotlar orqali omon qolganlar evakuatsiya qilinib, aholi punktlariga oziq-ovqat va zarur mahsulotlar yetkazilmoqda. Qidiruvchilar suv bosgan qishloqlar va vayron bo‘lgan hududlarda tirik qolganlarni izlamoqda.

Xitoy davlat ommaviy axborot vositalari Tibet hududida kamida uch kishi halok bo‘lgani va 550 dan ortiq kishi bedarak yo‘qolganini xabar qildi. Ularning 260 nafari xorij fuqarolaridir.

3

Foto: AP


Bedarak yo‘qolganlar sel paytida Girong chegara o‘tish punkti atrofida bo‘lgan. Bu hudud Nepal va Xitoy o‘rtasidagi sayyohlar hamda transport oqimi uchun asosiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

Halokat sababi

Ofat 26-avgust kuni Himolaydagi Lende daryosiga ulkan muz va tosh massasi qulashi ortidan boshlangan, deya taxmin qilinmoqda. Muz va tosh massasi tog‘ daryosiga tushib, katta tezlikda tarqalgan va loy hamda suv oqimini yuzaga keltirgan. Oqim Nepal va Tibet chegarasidagi aholi punktlari, yo‘llar va infratuzilma obyektlariga katta zarar yetkazgan.

4

Foto: REUTERS

Sun’iy yo‘ldosh tasvirlari ham ko‘chki Nepal-Xitoy chegarasidagi Rasuvagadi punktidan taxminan 20 kilometr shimoli-sharqda sodir bo‘lganini ko‘rsatdi.

5


Hozircha bedaraklar soni bo‘yicha Nepal va Xitoy tomoni tarqatayotgan ma’lumotlar o‘zaro farq qilmoqda. Shu bois qutqaruv operatsiyasi yakunlanmaguncha qurbonlar va bedaraklar haqidagi raqamlar yana o‘zgarishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid

Nepaldagi suv toshqinlari oqibatida 160 dan ortiq kishi halok bo‘ldi | Vaqt.uz