add

Oltin izlovchilar reyestri va davlat nazorati tartibi yangilanadi

Bugun 17:58851 daqiqa

«Yer qa’ri to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingani munosabati bilan oltin qazib olish faoliyatini ro‘yxatga olish va nazorat qilish tartibga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritiladi.

Oltin izlovchilar reyestri va davlat nazorati tartibi yangilanadi

«Yer qa’ri to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinishi munosabati bilan yer qa’ridan foydalanish sohasidagi ayrim prezident hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish rejalashtirilmoqda. Ushbu o‘zgarishlar oltin izlovchilar reyestrini yuritish hamda ajratilgan yer qa’ri uchastkalari ustidan davlat nazoratini takomillashtirishga qaratilgan.

Qayd etilishicha, qonun normalarini samarali tatbiq etish, huquqiy qoidalarni qo‘llashda turlicha talqinlar va qarama-qarshiliklarni bartaraf etish maqsadida amaldagi hujjatlar qayta ko‘rib chiqilmoqda.

Jumladan, 2018 yil 26-noyabrda qabul qilingan PQ–4030-son qarorga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga muvofiq, hujjatning 2-bandida nazarda tutilgan «35 baravari» degan me’yor «100 baravari»ga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Yangi tartibga ko‘ra, qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar reyestrini yuritish Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi «Yer qa’ridan foydalanish markazi» davlat muassasasi zimmasiga yuklanadi.

Shu bilan birga, oltin izlovchilarga ajratilgan yer qa’ri uchastkalari ustidan davlat nazorati Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi sohani nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan amalga oshirilishi belgilanmoqda.

Mazkur o‘zgartishlar «Yer qa’ri to‘g‘risida»gi qonun ijrosini ta’minlash, sohadagi huquqiy ziddiyatlarni bartaraf etish hamda oltin qazib olish faoliyatini tartibga solishni yanada kuchaytirishga qaratilgan.

Teglar

Mavzuga oid

Oltin izlovchilar reyestri va davlat nazorati tartibi yangilanadi | Vaqt.uz