O‘zbekiston dunyodagi eng yirik oltin xaridorlari qatoriga kirdi

Bugun 21:491 daqiqa

Jahon oltin kengashi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston fevral oyida 8 tonna oltin xarid qilib, global yetakchi xaridorlardan biriga aylandi.

O‘zbekiston dunyodagi eng yirik oltin xaridorlari qatoriga kirdi

Markaziy banklar xaridlari dinamikasi

Jahon markaziy banklari 2026 yil fevral oyida oltin xaridini faol davom ettirdi. Jahon oltin kengashi (World Gold Council) ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu oyda jami 19 tonna oltin sotib olingan.

Yilning dastlabki ikki oyida esa markaziy banklar tomonidan jami 25 tonna oltin xarid qilingan. Bu ko‘rsatkich 2025 yilning shu davriga nisbatan (50 tonna) ikki baravar kam.

O‘zbekiston yetakchilar qatorida

Fevral oyidagi asosiy oltin xaridorlari sifatida Polsha (20 tonna), O‘zbekiston (8 tonna) va Chexiya (2 tonna) qayd etildi.

1

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston ushbu oyda 8 tonna oltin sotib olgan. Natijada mamlakatning umumiy oltin zaxirasi 407 tonnaga yoki jami zaxiralarning 88 foiziga yetgan. Yil boshidan buyon esa mamlakat tomonidan 16 tonna oltin xarid qilingan.

«O‘zbekiston ketma-ket 5-oydan beri oltin zaxiralarini ko‘paytirib kelmoqda», — deyiladi hisobotda.

2025 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy banki oltin xarid qilish bo‘yicha dunyodagi kuchli o‘ntalikka kirgan edi. Bu tendensiya 2026 yilda ham davom etayotgani kuzatilmoqda.

Eng ko‘p oltin sotgan davlatlar

Ayni paytda, fevral oyida eng yirik oltin sotuvchilar Turkiya (-8 tonna) va Rossiya (-6 tonna) markaziy banklari bo‘ldi.

Teglar

Mavzuga oid