Logo

O‘zbekiston yoshlari robototexnika bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

Bugun 15:352 daqiqa

Prezident terma jamoa bosh murabbiysini «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan, jamoa a’zolarini esa «Kelajak bunyodkori» medali bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

O‘zbekiston yoshlari robototexnika bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

Janubiy Koreyaning Incheon shahrida dunyoning 200 ga yaqin davlati vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro robototexnika musobaqasida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi tengsiz natija qayd etib, jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. 

O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, mutlaq chempionlikka erishdi. Yosh muhandislar 16 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozonib, 637 ball bilan musobaqa rekordini qayd etdi.

FIRST Global Challenge — har yili dunyoning eng iqtidorli yuqori sinf o‘quvchilarini birlashtiruvchi noyob muhandislik olimpiadasidir. Bu yilgi global bellashuv sayyoramizning eng dolzarb muammolaridan biri — o‘rmon yong‘inlarining oldini olish, ularning oqibatlarini bartaraf etish va tabiatni qayta tiklashga bag‘ishlandi. 

13-oktabr kuni «Robototexnika bo‘yicha xalqaro musobaqa g‘oliblari va ularning murabbiylarini mukofotlash to‘g‘risida»gi prezident farmoni e’lon qilindi.

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan:

Bo‘taxonov Ziyodulla Zoirjon o‘g‘li — Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiysi.

«Kelajak bunyodkori» medali bilan:

Salomov Ibroxim Uktamovich — Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi sardori;

Abdujabborov Abdullox Abdug‘ofur o‘g‘li — Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi texnik murabbiysi;

Akbarov Shoxruxbek A’zamjon o‘g‘li — Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi;

Kosimov Akbarshox Anvar o‘g‘li — Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi;

Miraxmedov Ayubxon Anvar o‘g‘li — Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi;

Pardayev Umarbek Sherzod o‘g‘li — Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi;

Sodiqov Shukrullo Sherali o‘g‘li — Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi;

Teshabayev Maxkambek — Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi;

Teshabayeva Safina — Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi menejeri;

Tojiqo‘ziyev Jasurbek Rustamjon o‘g‘li — Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi;

Urmanov Baxodir Doniyorovich — Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi;

Urmanov Xondamir Doniyorovich — Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi;

Yusupxo‘jayev Hasanxon Alisher o‘g‘li — Robototexnika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi menejeri.

Teglar

Mavzuga oid