O‘zbekistonda 917 mingta yoritish chiroqlari yiliga 330 mln kWh elektr sarflamoqda

Bugun 16:251 daqiqa

Prezident yoritish ustunlariga kichik quyosh paneli, batareya, kun yorishishiga qarab, o‘zi o‘chib-yonadigan datchik o‘rnatishni topshirdi.

O‘zbekistonda  917 mingta yoritish chiroqlari yiliga 330 mln kWh elektr sarflamoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-fevral kuni o‘tgan tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda respublikada energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha qat’iy vazifalar belgiladi.

Xususan, 917 mingta ko‘cha yoritish chirog‘i yiliga 330 mln kWh elektr sarflayotgani tanqid qilinib, ustunlarga quyosh paneli va avtomatik datchiklar o‘rnatish topshirildi.

Qayd etilishicha, kichik va o‘rta korxonalar yiliga 5 mlrd kub metr gaz va 20 mlrd kWh elektr energiyasi iste’mol qilmoqda. Shu bois mazkur segmentda energiya tejamkorlik bo‘yicha yangicha tizim joriy etilib, uch yillik dastur ishlab chiqiladi.

Energiya auditi va moliyaviy resurs

Har bir tumanda energiya sarfi eng yuqori bo‘lgan 5 tadan korxonada majburiy energiya auditi o‘tkaziladi. Audit natijalari asosida tejamkor texnologiyalarni joriy etish uchun 100 mln dollar miqdorida arzon moliyaviy resurs jalb qilinadi.

Mutasaddilar va hokimlar oldiga 2026 yilda kichik va o‘rta korxonalarda kamida 100 mln kub metr gaz hamda 500 mln kWh elektr energiyasini tejash vazifasi qo‘yildi.

Quyosh panelli chiroqlar

Respublika bo‘yicha 917 mingta ёритиш chirog‘larIning bir qismi kunduzi ham yoniq holatda qolmoqda. Bu ortiqcha sarf-xarajat va energiya isrofiga sabab bo‘lmoqda.

Shu munosabat bilan yoritish ustunlariga kichik quyosh paneli, akkumulator batareya va kun yorug‘ligiga qarab avtomatik o‘chib-yonadigan datchiklar o‘rnatishni boshlash topshirildi.

Teglar

Mavzuga oid