Logo

Prezident tashrifidan so‘ng Bekobodda hokim o‘zgardi

Bugun 17:491 daqiqa

Shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Nasrulla Babayev egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Prezident tashrifidan so‘ng Bekobodda hokim o‘zgardi © toshvilhokimligi

Toshkent viloyatining Bekobod shahri hokimi ishdan olindi. Bu haqda 2026-yil 14-iyul kuni Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan sessiyasida ma’lum qilindi.

Toshkent viloyati hokimligining ma’lum qilishicha, sessiyada viloyat hokimi Zoir Mirzayev shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda oldinda turgan ustuvor vazifalar yuzasidan tahliliy ma’ruza qilgan.

Shuningdek, sessiyada tashkiliy masala ham ko‘rib chiqilib, shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Babayev Nasrulla Nurillayevich egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Sessiyada Zoir Mirzayev Babayevning o‘rniga Narimonjon No‘monovich Ismoilov nomzodini tavsiya qildi.

Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi deputatlari uning nomzodini ko‘rib chiqib, bir ovozdan Bekobod shahri hokimi lavozimiga tasdiqladi.

Narimonjon Ismoilov tayinlovga qadar «Navoiy sanoatni rivojlantirish kompleksi» maxsus sanoat parki direksiyasi direktori sifatida faoliyat yuritib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, 13-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrif buyurib, jumladan, Bekobod shahrida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishgan edi.

Teglar

Mavzuga oid