Logo

Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi uchun 2100 yilgacha maxsus huquqiy rejim joriy etildi

Bugun 21:082 daqiqa

Yangi qabul qilingan Konstitutsiyaviy qonun bilan Raqamli texnologiyalar xalqaro markazining alohida hudud sifatidagi maqomi va maxsus huquqiy rejimi belgilandi.

Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi uchun 2100 yilgacha maxsus huquqiy rejim joriy etildi

O‘zbekistonda Raqamli texnologiyalar xalqaro markazining alohida hudud sifatidagi maqomi va u yerda amal qiladigan maxsus huquqiy rejimni belgilab beruvchi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Hujjat 2026 yilning 19-avgust kuni tasdiqlangan.

Yangi qonunga muvofiq, markaz hududida o‘rnatiladigan maxsus huquqiy rejim qariyb 75 yil — 2100 yilga qadar amal qiladi. Maxsus rejim amal qiladigan hudud chegaralari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.

Maxsus rejim qaysi sohalarni qamrab oladi?

Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun bilan quyidagi sohalarda maxsus huquqiy rejim o‘rnatiladi:

• Tartibga solish qumdoni” doirasida innovatsiyalarni, xizmatlarni va mahsulotlarni yaratish, sinovdan o‘tkazish hamda joriy etish;
• raqamli texnologiyalar sohasiga investitsiyalarni jalb etishga va mazkur sohada eksport faoliyati bilan shug‘ullanishni rag‘batlantirishga qaratilgan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish;
• fuqarolik, korporativ va tijorat huquqiga oid munosabatlar;
• fuqarolik va iqtisodiy protsessual munosabatlar;
• bojxona ishi va soliq solish;
• mehnatga oid munosabatlar;
• moliya va bank faoliyati, valuta operatsiyalarini amalga oshirish;
• ma’lumotlarni himoya qilish, shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish;
• davlat xizmatlarini ko‘rsatish;
• intellektual mulkni muhofaza qilish.

Ushbu Konstitutsiyaviy Qonunda belgilangan maxsus huquqiy rejim 2100 yilgacha amal qiladi. Maxsus huquqiy rejim O‘zbekiston Prezidenti tomonidan belgilangan chegaralar doirasidagi Markaz hududida amal qiladi.

Markazning qarorlari uning organlari tomonidan qabul qilinadigan va Markaz hududida barcha uchun majburiy bo‘lgan huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan hujjatlardan iboratdir.

Teglar

Mavzuga oid