Rossiyaning uchdan bir hududida migrantlar ishlaydigan sohalar cheklamoqda

17.02.2026 | 08:382 daqiqa

Rossiya hududlarining kamida uchdan biri mehnat migrantlari faoliyatiga cheklov kiritdi. Ayrim sohalar xususan o‘zbekistonliklar uchun to‘liq yopilmoqda, 2027-yildan esa yana yangi tartib kuchga kiradi.

Rossiyaning uchdan bir hududida migrantlar ishlaydigan sohalar cheklamoqda

Rostov oblasti gubernatori Yuriy Slyusar imzolagan farmonga ko‘ra, 2026 yil 1-apreldan 31-dekabrgacha xorijiy fuqarolar kuryerlik, oziq-ovqat, ichimlik va tamaki mahsulotlari savdosida ishlay olmaydi. 1-martdan esa ularga qimmatbaho metalllar savdosi va fitnes markazlar faoliyatida ishtirok etish taqiqlanadi.

Yurist Svetlana Leusova ta’kidlashicha, cheklovlar patent asosida ishlayotgan migrantlarga taalluqli. Bunday patentni Ozarboyjon, Moldova, Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari olishi shart.

Hozirga qadar Rossiyaning kamida 32 subyekti, jumladan Sankt-Peterburg ham, shunday cheklovlarni joriy etgan. Turli hududlarda taqiqlar yetkazib berish, taksi, savdo va boshqa xizmat sohalariga taalluqli.

 

Yangi tizim tayyorlanmoqda

Yil boshida «Vedomosti» nashri barcha hududlarda, Moskva aglomeratsiyasi va Ukraina anneksiya qilingan hududlaridan tashqari, mehnat migrantlarini yollash cheklanishi rejalashtirilayotganini xabar qilgan edi.

2027–2029 yillarda migrantlarni faqat IIV nazoratidagi uyushgan yollash mexanizmi orqali jalb qilish mumkin bo‘ladi. Bu doirada xorijiy ishchilar reyestri va ish beruvchilar reyestri yaratiladi. Rossiya hukumati har yili hududlar kesimida xorijiy ishchilar ulushini belgilaydi. Uyushgan yollashdan tashqari tarzda ishga qabul qilish taqiqlanadi.

 

Budjet va kvotalar

Har bir mehnat migranti uchun hudud budjetiga oyiga 1,2 ming rubl miqdorida avans Jismoniy shaxslari daromad solig‘i (NDFL) to‘lovi tushadi. Agar migrantning qaramog‘idagi qarindoshlari Rossiyada yashasa, qo‘shimcha hisob-kitoblar qo‘llanadi.

IIV bahosiga ko‘ra, mehnat migrantlarini uyushgan yollash orqali budjetga har yili taxminan 22 mlrd rubl tushumi ta’minlanishi mumkin. Yangi qonun 2027 yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Teglar

Mavzuga oid