Logo

Saida Mirziyoyeva Ashxoboddagi san’at ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Kecha 22:021 daqiqa

Unga Gurbanguli Berdimuhamedovning to‘ng‘ich qizi, Turkmanistondagi G‘amxo‘rlikka muhtoj bolalarga yordam ko‘rsatish xayriya jamg‘armasi vitse-prezidenti Oguljaxon Atabayeva hamrohlik qildi.

Saida Mirziyoyeva Ashxoboddagi san’at ko‘rgazmasida ishtirok etdi © Saida Mirziyoyeva Telegram kanali

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida tashkil etilgan «ONA. Ona tabiat» ko‘rgazmasida ishtirok etib, uning juda iliq taassurot qoldirganini ma’lum qildi.

«Ijodkorlar san’at orqali muhim bir g‘oyani aks ettirishgan: tabiat ham xuddi munis onalarimizdek mehrga, g‘amxo‘rlik va ehtiromga loyiq. Bu tuyg‘uni, bunday munosabatni farzandlarimiz ongiga ham singdirish juda muhim.

Gurbanguli Berdimuhamedov nomidagi xayriya jamg‘armasi hamda Haydar Aliyev jamg‘armasini ushbu ajoyib ko‘rgazmaning ochilishi bilan tabriklayman. Ezgu va ibratli tashabbus uchun rahmat!», deya yozdi u Telegram-kanalida.

Teglar