Logo

Sun’iy intellekt Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ishini yaxshilayaptimi?

Bugun 16:452 daqiqa

Boyitish fabrikalarida Flotation AI texnologiyasi tatbiq etilib, unda pufaklarning o‘lchami, tezligi va rangiga qarab reagentlar qo‘shilishi sun’iy intellekt tomonidan avtomatik boshqarilmoqda.

Sun’iy intellekt Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ishini yaxshilayaptimi?

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibida Sun’iy intellektni ishlab chiqish va joriy etish bo‘limi tashkil etildi hamda OKMK xalqaro «AI Alliance» tashkilotiga a’zo bo‘ldi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati Vaqt.uz’ga ma’lum qildi.

3O8A3908

Kompaniya rasmiylarining aytishicha, bu ishlar aynan O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyevning mart oyida kombinatga borib, sun’iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha bergan topshiriqlari ortidan qilingan. Aytilishicha, bu kombinatda ma’dan qazib olishdan boshlab tayyor mahsulot olishgacha bo‘lgan barcha ishlarda ishlab chiqarish samaradorligi hamda ish xavfsizligini sezilarli darajada oshirishga xizmat qilmoqda.

3O8A3904

Masalan, 80 yillik geologik va marksheyderlik ma’lumotlari raqamlashtirilib, karerning 3D modeli yaratildi hamda zaxiralar qayta baholandi. Qazib olish ishlarini rejalashtirish aniqligi oshirildi.

3O8A4010

«Qalmoqqir» va «Yoshlik-I» konlarida ma’dan o‘lchamlarini nazorat qilish hamda haydovchilar charchog‘ini kuzatish tizimlari ishga tushirildi.

3O8A3904

«Bunday yangi avlod intellektual tizimi transport texnika vositalariga xizmat ko‘rsatishda an’anaviy yondashuvdan bashoratli boshqaruv modeliga o‘tishni ta’minlaydi», — deydi kompaniya yetakchi muhandisi Malika To‘raxonova.

3O8A4001

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda bu dasturlar, texnikaning intellektual diagnostikasi, buzilishlarni bashoratli tahlil qilish va prognozlash, laboratoriya jarayonlarini raqamlashtirish, texnika va agregatlarning yagona ma’lumotlar bazasini yaratish, ma’lumotlar asosida resurslarni boshqarish (moylar, shinalar, uzellar) imkonini beradi. Kompaniya barcha kon transport vositalari aqlli kamera va datchiklar bilan jihozlanganini bildirdi.

3O8A4024

«Sun’iy intellekt yordamida ma’dan tarkibi karerning o‘zida tahlil qilinadi, ekskavator kovshi tishlari va haydovchilarning charchoq holati real vaqtda nazorat qilinadi. Shinalardagi bosim datchiklari esa yoqilg‘i sarfini kamaytirishga xizmat qilyapti», — deydi kombinat rasmiysi.

Endilikda 1-, 2-, 3-mis boyitish fabrikalari va mis eritish zavodidagi barcha jarayonlarni Situatsion markaz ekranlari orqali xuddi kaftdek kuzatish mumkin. Mazkur tizim uskunalarning sababsiz to‘xtab qolishiga yo‘l qo‘ymaydi va har qanday nosozlikni bir zumda aniqlab, tezkor bartaraf etishga yordam beradi.

ss

Ta’kidlanishicha, geologik ma’lumotlarni tahlil qilish asosida burg‘ilash va portlatish ishlari optimallashtirilib, portlovchi materiallar sarfini kamaytirishga erishilmoqda. Shuningdek, temiryo‘l infratuzilmasi monitoringi tizimi joriy etilib, u yo‘ldagi nosozliklarni avtomatik aniqlash va ehtimoliy avariyalarni oldindan prognoz qilish imkonini bermoqda. Bundan tashqari, boyitish fabrikalarida «Mashina ko‘rish» (Flotation AI) texnologiyasi tatbiq etilib, unda pufaklarning o‘lchami, tezligi va rangiga qarab reagentlar qo‘shilishi sun’iy intellekt tomonidan avtomatik boshqarilmoqda.

22


Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 3-mis boyitish fabrikasi ochilishida eng yuqori maoshli kasblar tog‘-kon sanoati sohasida ekani ma’lum qilingandi.

Teglar

Mavzuga oid