Logo

Toshkent va Andijon o‘rtasida ikkinchi tezyurar elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda

Bugun 21:572 daqiqa

Mazkur elektropoyezd 5 ta ekonom toifadagi vagondan iborat bo‘lib, jami 415 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan.

Toshkent va Andijon o‘rtasida ikkinchi tezyurar elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda © vaqt.uz

Toshkent — Andijon — Toshkent yo‘nalishida yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida ikkinchi tezyurar «CRRC-Daliyan» elektropoyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.

732/731-sonli yo‘lovchi poyezdi tarkibi zamonaviy elektropoyezdga almashtirilib, qatnovlar amaldagi harakatlanish kunlarida quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:

— 732-sonli «Toshkent — Andijon» (2026 yil 21-oktabrdan): Toshkent-Yo‘lovchi vokzalidan 18:40 da jo‘nab, Andijon-1 vokzaliga 23:12 da yetib boradi.

— 731-sonli «Andijon — Toshkent» (2026 yil 22-oktabrdan): Andijon-1 vokzalidan 07:20 da jo‘nab, Toshkent-Yo‘lovchi vokzaliga 12:12 da yetib keladi.

Mazkur elektropoyezd 5 ta ekonom toifadagi vagondan iborat bo‘lib, jami 415 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan.

Elektropoyezdni haftalik texnik ko‘rikdan o‘tkazish munosabati bilan 2026 yil 26-oktabrdan boshlab har dushanba kuni 730/729-sonli «Toshkent — Andijon — Toshkent» qatnovi bekor qilinadi. Shuningdek, qator poyezdlarning harakat jadvaliga quyidagicha o‘zgartirishlar kiritiladi:

— 21-oktabrdan — 125/126-sonli «Andijon — Xiva/Urganch», 129/130-sonli «Andijon — Termiz», 127/128-sonli «Andijon — Qo‘ng‘irot», shuningdek, 6312, 7091, 7093 va 7094-sonli mahalliy qatnovlar;
— 222-oktabrdan — 95/97-sonli «Andijon — Toshkent»;
— 224-oktabrdan — 93-sonli «Andijon — Toshkent» hamda 98/94-sonli «Toshkent — Andijon»;
— 225-oktabrdan — 734/92-sonli «Toshkent — Andijon»;
— 226-oktabrdan — 733-sonli «Andijon — Toshkent»;
— 227-oktabrdan — 91-sonli «Andijon — Toshkent».

Qo‘shimcha qilinishicha, 130/129-sonli «Termiz — Andijon» poyezdining 20-oktabrdan Termizdan jo‘naydigan qatnovi uchun Toshkent-Janubiy — Andijon qismidagi yangi jadval 21-oktabrdan amal qiladi.

Teglar

Mavzuga oid