Toshkentda Tojikiston elchixonasi ochildi
Bugun 20:041 daqiqa
Mirziyoyev va Rahmon ishtirokida Toshkentda Tojikiston elchixonasining yangi binosi tantanali ravishda ochildi.
© Foto: president.uzTojikiston Prezidentining davlat tashrifi doirasida ushbu mamlakatning Toshkent shahridagi elchixonasining yangi binosi ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon ramziy tasmani kesib, diplomatik vakolatxonaning yangi binosini tantanali ravishda ochdilar.
Yetakchilar elchixona va konsullik bo‘limining ma’muriy binolari, elchi qarorgohi, diplomatlar va ularning oila a’zolari uchun turar-joylarni o‘z ichiga olgan majmuani ko‘zdan kechirdilar.
Marosim yakunida Prezidentlar Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib, diplomatik vakolatxona hududiga daraxt ekdi.





