Toshkentdagi ayrim ko‘chalar vaqtinchalik yopiladi

Bugun 14:121 daqiqa

O‘zbekiston milliy terma jamoasini jahon chempionatiga kuzatish tadbiri munosabati bilan 22-may kuni Toshkent shahrining qator ko‘chalarida transport harakati vaqtincha cheklanadi.

Toshkentdagi ayrim ko‘chalar vaqtinchalik yopiladi © vaqt.uz

22-may kuni Toshkentdagi ayrim ko‘chalar yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tadbirni xavfsiz va yuqori saviyada tashkil etish maqsadida soat 16:00 dan 21:00 gacha ayrim yo‘nalishlarda avtomobillar harakati bosqichma-bosqich cheklanadi.

Xususan:

— Chilonzor–Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Cho‘ponota ko‘chasi bo‘ylab Qatortol–Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasigacha;

— KXAY–Chilonzor ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor ko‘chasi bo‘ylab Chilonzor–Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasigacha;

— KXAY–Bunyodkor ko‘chalari chorrahasidan Bunyodkor ikkinchi darajali yo‘li bo‘ylab Bunyodkor–Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasigacha.

— Nurafshon–Sebzor ko‘chalari chorrahasidan Sebzor ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov–Bunyodkor ko‘chalari chorrahasigacha;

— Islom Karimov–Bunyodkor ko‘chalari chorrahasidan Bunyodkor ko‘chasi bo‘ylab Bunyodkor–Ikkinchi Qatortol ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan hududlarda harakat vaqtincha cheklanadi.

0

00


Mas’ullar haydovchilardan tirbandliklarning oldini olish uchun oldindan muqobil yo‘nalishlarni rejalashtirishni so‘ramoqda.

Teglar

Mavzuga oid