add

UNESCO bosh direktori Samarqandga yetib keldi

29.10.2025 | 10:443871

UNESCO bosh direktori Odri Azule va tashkilot delegatsiyasi «Parij — Samarqand» maxsus charter reysi orqali Samarqandga keldi. U Bosh konferensiyaning 43-sessiyasida ishtirok etadi.

UNESCO bosh direktori Samarqandga yetib keldi

29 oktyabr kuni tongda YUNESKO bosh direktori Odri Azule va tashkilotning 43-Bosh konferensiyasi ishtirokchilari «Parij — Samarqand» yo‘nalishi bo‘yicha maxsus charter reys orqali Samarqand shahriga yetib keldi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Mehmonlarni O‘zbekiston hukumati hamda Samarqand viloyati hokimligi vakillari tantanali tarzda kutib oldi. Bu voqea UNESCOning ilk bor Parijdan tashqarida Bosh konferensiya o‘tkazishi bilan ham ahamiyatli hisoblanadi.

2017 yildan beri UNESCOga rahbarlik qilib kelayotgan Odri Azule uchun bu sessiya bosh direktor sifatidagi oxirgi ishtiroki bo‘ladi.

Samarqandda UNESCOning yangi bosh direktori rasman ishga kirishadi. Bu vazifaga yaqinda tashkilot Ijroiya qo‘mitasining 222-sessiyasida o‘tkazilgan saylovda g‘olib chiqqan misrlik 54 yoshli Xolid Al-Ananiy tasdiqlanadi.

UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi 30 oktyabrdan 13 noyabrgacha Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu sessiya tashkilot tarixidagi so‘nggi 40 yil ichida Parijdan tashqarida o‘tkazilayotgan ilk anjuman bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 28 oktyabr kuni Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich ham rafiqasi bilan O‘zbekistonga kelgan edi. U Samarqanddagi UNESCO konferensiyasida faxriy mehmon sifatida ishtirok etadi.

Mavzuga oid