Logo

Vashingtonda «O‘zbek mahallasi» tashkil etildi

Bugun 12:551 daqiqa

Vashington shtati kotibi Stiv Xobbs uni qonuniy tan oldi va shtat hukumati tomonidan rasman ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Vashingtonda «O‘zbek mahallasi» tashkil etildi © Dunyo AA

Amerikaning Vashington shtati Sietl shahrida yashovchi o‘zbekistonliklar tashabbusi bilan «O‘zbek mahallasi» deb nomlanuvchi rasmiy jamoat tashkiloti tashkil etildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Assotsiatsiya Vashington shtati kotibi Stiv Xobbs tomonidan qonuniy tan olindi va shtati hukumati tomonidan rasman ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Hozirda Vashington shtatida 3000 dan ortiq vatandosh yashaydi. Ularning aksariyati Sietl va uning atrofidagi hududlarda istiqomat qiladi. Ko‘plab o‘zbekistonliklar Microsoft, Amazon, Google, Boeing, Oracle va NVIDIA kabi yetakchi global texnologiya va transmilliy kompaniyalarda turli lavozimlarda faoliyat yuritadi.

photo_2026-07-09_12-19-26


AQSH davlat boshqaruvi tizimida 15 yildan ortiq tajribaga ega Musa Xolmurodov «O‘zbek mahallasi» raisi etib tayinlandi. Uyushmaning asosiy vazifalari o‘zbekistonliklar o‘rtasida birlikni mustahkamlash, milliy bayramlar va madaniy tadbirlarni tashkil etish, Qo‘shma Shtatlarga yaqinda borgan vatandoshlarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish va yosh avlod o‘rtasida o‘z ona tili, milliy an’analari va madaniy merosiga chuqur hurmatni shakllantirishdan iborat.

Teglar

Mavzuga oid