2025 yilda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xizmat safarlariga qancha mablag‘ sarflangani ochiqlandi

Бугун 12:551 дақиқа

Vazirlik o‘tgan yilda 120-marta xorijiy va 383-marta mahalliy xizmat safarlari uyushtirgan.

2025 yilda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xizmat safarlariga qancha mablag‘ sarflangani ochiqlandi © Мактабгача таълим вазирлиги

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rahbarlari 2025 yilda xorijiy va mahalliy xizmat safarlari uchun jami 3,3 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ sarflagan. Bu haqda vazirlik e’lon qilgan ma’lumotlarda ko‘rish mumkin.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, xizmat safarlari uchun sarflangan mablag‘larning asosiy qismi xorijiy tashriflarga to‘g‘ri keladi. Xususan, yil davomida 120-marta chet elga xizmat safari amalga oshirilgan. Bu safarlar uchun esa jami 2 mlrd 447 mln so‘m sarflangan. O‘tgan yili xorijiy safarlar 24 ta davlatga amalga oshirilgan bo‘lib, har bir tashrif o‘rtacha 20,4 mln so‘mga tushgan.

Eng ko‘p mablag‘ Fransiyaga amalga oshirilgan 15 ta safar uchun sarflangan — 427 mln so‘mdan ortiq. Shuningdek, Xitoyga 18-marta, Turkiyaga 12-marta, Buyuk Britaniyaga 5-marta, Saudiya Arabistoni va Filippinga 4-martalab xizmat safarlari tashkil etilgan.

Eng qimmat tashrif sobiq vazir, hozirda vazir o‘rinbosari bo‘lgan Hilola Umarovaning Londonga qilgan xizmat safari bo‘lgan — 78,6 million so‘m. Shuningdek, vazirlik e’lon qilgan hisobotlarda barcha xorijiy safarlar budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga amalga oshirilgani keltirilib o‘tilgan.

Shu bilan birga, 2025 yil davomida vazirlik 383 ta mahalliy xizmat safarlarini amalga oshirgan va ular uchun 875,8 mln so‘m sarflangan. Eng ko‘p safarlar Samarqand viloyatiga (105 ta), eng kami esa Qashqadaryo viloyatiga (14 ta) to‘g‘ri kelgan.

Теглар

Мавзуга оид