2026-yilda ko‘chib o‘tish uchun eng yaxshi davlatlar reytingi e’lon qilindi

Бугун 22:042 дақиқа

«Remitly» kompaniyasi tomonidan tayyorlangan yillik immigratsiya indeksida 82 ta davlat yashash xarajatlari, daromad darajasi, tibbiyot, xavfsizlik, ta’lim va umumiy hayot sifati kabi 34 ta mezon asosida baholandi.

2026-yilda ko‘chib o‘tish uchun eng yaxshi davlatlar reytingi e’lon qilindi

2026-yilda boshqa mamlakatga ko‘chib o‘tishni rejalashtirayotganlar uchun eng qulay davlatlar reytingi ma’lum bo‘ldi. «Remitly» kompaniyasi tomonidan tayyorlangan reytingda birinchi o‘rinni Shveysariya egalladi. Mamlakat yuqori maosh imkoniyatlari, sifatli tibbiy xizmat, xavfsiz muhit va rivojlangan infratuzilmasi bilan ajralib turdi. Shuningdek, xalqaro maktablar tarmog‘i va barqaror energiya ta’minoti ham mamlakatning yuqori baholanishiga ta’sir qildi.

Islandiya bir pog‘ona pastlashining sababi

O‘tgan yili reyting yetakchisi bo‘lgan Islandiya bu safar ikkinchi pog‘onaga tushdi. Mamlakat xavfsizlik, ekologik muhit va aholi daromadlari bo‘yicha yuqori natijalarni saqlab qolgan bo‘lsa-da, xalqaro maktablar soni kamaygani uning reytingda pastlashiga sabab bo‘ldi.

Uchinchi o‘rin Luksemburgga nasib etdi. Ekspertlar mamlakatdagi yuqori daromadlar, xavfsiz muhit va jamoat transporti tizimini asosiy ustunlik sifatida qayd etgan. To‘rtinchi o‘rinni esa Yevropadan tashqaridagi yagona davlat — Avstraliya egalladi. U migrantlarga nisbatan ochiq siyosati va qulay turmush tarzi bilan ajralib turdi.

Karera qilishni istaganlar uchun

Beshinchi pog‘onadan Germaniya joy oldi. Mutaxassislar mamlakatni Yevropaning eng yirik iqtisodiyotida karera qilishni istovchilar uchun ishonchli tanlov deb baholagan. Top-10 ro‘yxatidan Irlandiya, AQSH, Daniya, Norvegiya va Ispaniya ham o‘rin oldi.

Farzandli oilalar uchun eng yaxshi davlat

Bolali oilalar uchun eng yaxshi davlatlar reytingida Ispaniya birinchi bo‘ldi. Ta’lim sifati, tug‘ruq ta’tillari va bolalar muassasalari imkoniyatlari asosiy mezon sifatida baholandi. Ushbu mezon bo‘yicha kuchli o‘ntalikka Xitoy, AQSH, Shri-Lanka, BAA, Avstraliya, Bangladesh, Buyuk Britaniya, Islandiya va Xorvatiya ham kirdi.

Daromad va yashash xarajatlari muvozanati bo‘yicha esa Saudiya Arabistoni yetakchilik qildi.

Теглар

Мавзуга оид