35 hududda soliq inspeksiyasi rahbarlari almashdi

Бугун 14:452 дақиқа

O‘zbekistonning 35 ta shahar va tumanida soliq inspeksiyalari boshliqlari almashtirildi. Yangi tayinlangan rahbarlar orasida to‘rt nafar ayol ham bor.

35 hududda soliq inspeksiyasi rahbarlari almashdi © Davlat soliq qo'mitasi

Soliq qo‘mitasi raisi Farrux Pulatov 12 viloyatidagi shahar va tuman soliq inspeksiyalariga yangi boshliqlarni tayinlash to‘g‘risidagi buyruqni imzoladi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qo‘mitaga ko‘ra, mazkur tayinlovlar soliq tizimida amalga oshirilayotgan institutsional islohotlarning muhim amaliy bosqichi hisoblanadi. Yangi rahbarlarni tanlashda kreativ yondashuvga ega, istiqbolli va professional tayyorgarlikdan o‘tgan yosh kadrlarga ustuvor ahamiyat berilgan.

Yangi rahbarlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridagi shahar hamda tuman soliq inspeksiyalariga tayinlandi.

Jumladan:

Andijon viloyati

• Bo‘ston tumani SI boshlig‘i — Shamsutdinov Alibek Rashid o‘g‘li

• Marhamat tumani SI boshlig‘i — Erkaboyev Fazliddin Sharobidinovich

• Paxtaobod tumani SI boshlig‘i — Mamatov Kamoliddin Raximjonovich

Jizzax viloyati

• Forish tumani SI boshlig‘i — Islamov Jasurbek Nematovich

• Yangiobod tumani SI boshlig‘i — Mustafakulov Kobiljon Nabijanovich

Qashqadaryo viloyati

• Qarshi shahar SI boshlig‘i — Xomidov A’zam Tashkanovich

• Ko‘kdala tumani SI boshlig‘i — Sobirov Shohboz Soibqiron o‘g‘li

• Muborak tumani SI boshlig‘i — Niyozova Sugdiyona Mexmonovna

• Shahrisabz tumani SI boshlig‘i — Sadullayev Iskandar Asadovich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

• Kegeyli tumani SI boshlig‘i — Risnazarov Ruslan Mambetbayevich

• Nukus shahar SI boshlig‘i — Seitov Aydos Iskenderovich

• Chimboy tumani SI boshlig‘i — Artikov Sultan Jarilkaganovich

Navoiy viloyati

• G‘ozg‘on shahar SI boshlig‘i — Umarova Zaxro Furqat qizi

• Qiziltepa tumani SI boshlig‘i — Pirmatov Umidjon Karimovich

Namangan viloyati

• Chortoq tumani SI boshlig‘i — Turg‘unov Sardor Maxmudovich

Samarqand viloyati

• Jomboy tumani SI boshlig‘i — G‘afurov Firuz Kurbonboyevich

• Kattaqo‘rg‘on tumani SI boshlig‘i — Otamurodov Murodali Yusupovich

Sirdaryo viloyati

• Shirin shahar SI boshlig‘i — Abdukayumova Munira Safarovna

Surxondaryo viloyati

• Angor tumani SI boshlig‘i — Xudoyqulov Ilxom Yuldashovich

• Termiz tumani SI boshlig‘i — Shoturayeva Maftuna Elturayevna

• Uzun tumani SI boshlig‘i — Xushvaktov Abduraxmon Shukurovich

• Sho‘rchi tumani SI boshlig‘i — Nazarov Akmaliddin Saloxiddinovich

Toshkent viloyati

• Ohangaron tumani SI boshlig‘i — Muminov Anvar Umirzoq o‘g‘li

• Qibray tumani SI boshlig‘i — Boboyev Rovshan Odilovich

• Yangiyo‘l shahar SI boshlig‘i — Shamshiyev Sherzod Sultanovich

Farg‘ona viloyati

• Bag‘dod tumani SI boshlig‘i — Maxsudov Axrorjon Baxodirovich

• Beshariq tumani SI boshlig‘i — Fozilov Ulug‘bek Egamberdiyevich

• Quva tumani SI boshlig‘i — Bekmirzayev Kuyoshbek Xolmatovich

• Qo‘qon shahar SI boshlig‘i — Xamrakulov Akmaljon Aliyevich

• Oltiariq tumani SI boshlig‘i — Tojiusmonov Bexzod Furqat o‘g‘li

• So‘x tumani SI boshlig‘i — Mamajonov Rashidjon Mamajonovich

• Farg‘ona tumani SI boshlig‘i — Sultonov Ixtiyorjon Murodjonovich

• Farg‘ona shahar SI boshlig‘i — Polvonov Nazarjon Djumanazarovich

Xorazm viloyati

• Bog‘ot tumani SI boshlig‘i — Axmedov Sanjarbek Sabirovich

• Gurlan tumani SI boshlig‘i — Ro‘zimov Sarvar Axmadjonovich

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Soliq qo‘mitasi P2P o‘tkazmalarni tekshirishni boshlagani haqida xabar qilingandi.

Теглар

Мавзуга оид

35 hududda soliq inspeksiyasi rahbarlari almashdi | Vaqt.uz