Logo

Andijonda 5 nafar egizak dunyoga keldi

Бугун 21:211 дақиқа

SSVga ko‘ra, bolalarning uch nafari qiz, ikki nafari o‘g‘il.

Andijonda 5 nafar egizak dunyoga keldi © Foto: t.me/ssvuz

Bugun, 6-iyul kuni Andijon shahrida joylashgan 2-sonli tug‘uruq majmuasida 5 nafar egizak dunyoga keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilshicha, Andijon shahridagi Qayrag‘ochtosh mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Nargiza Bekjonova shu kuni ko‘p homilalik tashxisi bilan mazkur muassasaga qabul qilingan.

Unda muddatidan ilgari tug‘uruq tashxisi bilan kesarcha kesish amaliyoti bajarilgan.

Tug‘uruq jarayoni malakali akusher-ginekolog, neonatolog va reanimatologlar tomonidan muvaffaqiyatli o‘tkazilgan.

– birinchi chaqaloq: qiz, vazni 1450 gr,
– ikkinchi chaqaloq: o‘g‘il, vazni 1605 gr,
– uchinchi chaqaloq: qiz, vazni 1495 gr,
– to‘rtinchi chaqaloq: o‘g‘il, vazni 1585 gr,
– beshinchi chaqaloq: qiz, vazni 1205 gr.

Ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida ona va chaqaloqlar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filialiga o‘tkazilgan.

«Ayni paytda 5 nafar egizak va ularning onasi malakali tibbiyot xodimlari nazoratida o‘zlarini yaxshi his etmoqda», - deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

Ma’lumot uchun, iyun oyida ham Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filialida 4 nafar egizak dunyoga kelgan.

Теглар

Мавзуга оид