«Beshqo‘rg‘on» bozorida yong‘in bo‘ldi

Бугун 17:311 дақиқа

Yong‘in bir soat ichida qurshab olindi. Olovni o‘chirish ishlari hamon olib borilmoqda.

«Beshqo‘rg‘on» bozorida yong‘in bo‘ldi

Bugun, 5-aprel kuni Toshkent shahridagi «Beshqo‘rg‘on» bozorida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Bildirilishicha, bugun soat 15:56 da Toshkent shahar Chilonzor tumani, Toshkent katta xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasida joylashgan «Beshqo‘rg‘on» bozorida do‘kon yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga ko‘ra, qutqaruv ekipajlari voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan.

«Hozirda yong‘in o‘chirish ishlari olib borilmoqda. Yong‘in oqibatida tan-jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmadi. Vaziyat Toshkent shahar FVBB tomonidan to‘liq nazoratga olingan», – deyiladi xabarda.

FVV yong‘in joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Azizbek Ikrmoov yetib borganini ham e’lon qildi.

Yong‘in soat 16:53 da qurshab olinib, soat 18:18 da o‘chirildi. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Теглар

Мавзуга оид