Logo

Bir qator tadbirkorlar «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Ular orasida «Oqtepa Lavash» asoschisi Behzod G‘ulomov, «Uzum Technologies» bosh direktori Jasur Jumayev, «Edu Action» kuzatuv kengashi raisi Umidjon Ishmuhamedov, «Dodo Pizza Tashkent» rahbari Dinara Islomova, «ADM Jizzakh» bosh direktori Daniyar Davletiyarov, «Fly Khiva Group» bosh direktori Dilshod Xodjayev va «YandexGo UB» ta’sischisi Izzat Shukurov ham bor.

Bir qator tadbirkorlar «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 13-avgustdagi farmoyishiga muvofiq, mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh soha vakillari «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Hujjatda qayd etilishicha, mazkur mukofot tadbirkorlik sohasida ilg‘or tajriba va an’analar maktabini yaratishda ibrat ko‘rsatayotgan, innovatsion texnologiyalarni joriy etayotgan hamda aholi bandligi va farovonligini ta’minlayotgan faol fuqarolarning xizmatlarini e’tirof etish maqsadida berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi

Milliy iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, yurtimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, Yangi O‘zbekistonda tadbirkorlik sohasida ilg‘or tajriba va an’analar maktabini yaratish borasida alohida ibrat va namuna ko‘rsatib kelayotgani, o‘zining izlanuvchanligi, kreativ g‘oya va tashabbuslari bilan samarali faoliyat olib borib, mamlakatimizning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish, sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, aholi bandligi va farovonligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shayotgani, biznesda erishayotgan salmoqli natijalari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlansin:

Begjanova Salima Rajatdinovna - Bo‘zatov tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Ilyasova Elvira Askarbayevna - “Hunarmand” uyushmasining Qo‘ng‘irot tumani bo‘limi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kalnazarov Baxadur Ibanovich - Qo‘ng‘irot tumanidagi “Ustyurt sodium sulfate” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Masharipov Azat Bazarbayevich - Beruniy tumanidagi “Usta Bozorboy” xususiy korxonasi ta’sischisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Mustafayev Azat Yesbosinovich - Taxiatosh tumanidagi “Atiyaj gulzar” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Saburov Dilshod Kabuljanovich - To‘rtko‘l tumanidagi “Baraka tekstil group” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Shimbergenov Azat Adilbayevich - Nukus shahridagi “Nukus evro stroy” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Dusmuratov Mirzadiyor Mirzagayratovich - Andijon tumanidagi “Makon Mirzo” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Andijon viloyati

Raximov Yunusjon Nematovich - Baliqchi tumanidagi “Sokin savdo servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Andijon viloyati

Raxmatova Buzaynab Mirsaitovna - Oltinko‘l tumanidagi “Pergament Snegurochka” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Andijon viloyati

Sayfutdinova Shaxnoza Alisher qizi - Marhamat tumanidagi “XXI asr akademiyasi” nodavlat ta’lim muassasasi rahbari, Andijon viloyati

Tursunov Jomoldin Ostanakulovich - Xo‘jaobod tumanidagi “Everest MMM” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Andijon viloyati

Umarov Zoxidjon Ziyaidinovich - Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Sog‘lom avlod” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Andijon viloyati

Amonov Vohidjon Ne’matullayevich - G‘ijduvon tumanidagi “Demo Clean” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Buxoro viloyati

Axrorova Shahnoza Botirovna - Buxoro shahridagi “Rangrez Bukhara” xususiy korxonasi rahbari, Buxoro viloyati

Bobokalonov Sanjar Ramazonovich - Vobkent tumanidagi “Shirin ethno house” oilaviy turizm korxonasi rahbari, Buxoro viloyati

Iskandarov G‘ayrat Hasanovich - Qorako‘l tumanidagi “Hasanobod shifo-bol” asalarichilik fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Buxoro viloyati

Toyirov Azizjon Ergashevich - Shofirkon tumanidagi “Family food claster” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Buxoro viloyati

Tohirov Bobomurod Bahodirovich - Buxoro shahridagi “Miramax turist trans” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Buxoro viloyati

Abjalov Nuriddin Saatovich - Sharof Rashidov tumanidagi “Paxtakorlik Diyorjon dalasi” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Jizzax viloyati

Buronov Jaxongir Nusratovich - Zarbdor tumanidagi “Miramiller” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Jizzax viloyati

Davletiyarov Daniyar Begdullayevich - “ADM Jizzakh” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Jizzax viloyati

Mavlanov Shuxrat Tulkinovich - “Professional assets management” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Jizzax viloyati

Suvanqulov Shohhasan Muhammad o‘g‘li - Paxtakor tumanidagi “Semrug‘ cluster” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati

Sultonov Mirtoza Hikmatovich - Do‘stlik tumanidagi “Obi Sangzor” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati

Tog‘ayeva Yulduz Abduraimovna - G‘allaorol tumanidagi “New world savdo” oilaviy korxonasi ta’sischisi, Jizzax viloyati

Yunusov Abdulaziz Abduaxatovich - Jizzax shahridagi “Roison home white goods” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Jizzax viloyati

Kudratov Iskandar Nigmatovich - Qarshi shahridagi “Asl yuksalish savdo” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Qashqadaryo viloyati

Qobulov Yaxshimurod Xurozovich - Ko‘kdala tumanidagi “Qobulov Xo‘roz Xolboyevich” polizchilik fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Qashqadaryo viloyati

Murtazayev Xurshid Rustamovich - Shahrisabz tumanidagi “Shahrisabz bunyodkori” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qashqadaryo viloyati

Raxmonova Dilfuza Tojiddinovna - Qarshi shahridagi Axborot texnologiyalari va menejment universiteti ta’sischisi, Qashqadaryo viloyati

Sayliyev Jamol Kamolovich - Qarshi tumanidagi “Radiant silk” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Qashqadaryo viloyati

Umirov Sarvar Numonovich - Shahrisabz tumanidagi “Hisor maxsus qurilish invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Qashqadaryo viloyati

Xaydarov Otabek Rustamovich - Chiroqchi tumanidagi “Komfort star new” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qashqadaryo viloyati

Choriyev Obidjon Barakovich - Ko‘kdala tumanidagi “Bobur” yilqichilik fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Qashqadaryo viloyati

Jiyanov Juraboy Nuritdinovich - Navoiy shahridagi “Golden lift” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Navoiy viloyati

Temirov Sherzodxuja Ilxomjonovich - Karmana tumanidagi “Metall mahsulot zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Navoiy viloyati

Xaydarov Navro‘z Qudratovich - Konimex tumanidagi “Navoiy dizayn plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Navoiy viloyati

Xusainov Firdavs Xafizovich - Navoiy shahridagi “Navoiy montaj avtomatika” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Navoiy viloyati

Shomiyeva Ulash Shonozarovna - Qiziltepa tumanidagi “Akobir Marjona orzusi” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Navoiy viloyati

Bekmuratov Nosir Abdimanopovich - Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Citrus city” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Namangan viloyati

Mamashayev Baxodir Abduvaxobovich - Davlatobod tumanidagi “Comfort cool system” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Namangan viloyati

Nasimova Nigora Musaxanovna - Yangi Namangan tumanidagi “Zarka” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati

Nuritdinov Oybek Yusubjonovich - Namangan tumanidagi “Yusuf bahor gullari” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati

Rustamova Nasiba Karim qizi - Namangan shahridagi yakka tartibdagi tadbirkor, gul yetishtiruvchi, Namangan viloyati

Sadikov Ruslan Yurevich - Namangan shahridagi “Grand textile service” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati

Axmedjonov Farrux A’zamovich - Samarqand shahridagi “Renessans dizayn” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Samarqand viloyati

Begimov Ulugbek Najimovich - Paxtachi tumanidagi “Alisher” xususiy korxonasi direktori, Samarqand viloyati

Gadoyev Begimqul O‘lmasovich - Urgut tumanidagi “Maxmadjon nurafshon” xususiy korxonasi direktori, Samarqand viloyati

Djabborov Jaxongir Djurakulovich - Oqdaryo tumanidagi “Sam text plas” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Samarqand viloyati

Jalilov Shokirjon Raupovich - Samarqand shahridagi “Mega sezon poyafzal” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Samarqand viloyati

Li Yuriy Arkadevich - Samarqand shahridagi “Elxolding” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori, Samarqand viloyati

Raxmatov Farxod Rasulovich - Samarqand tumanidagi “Gulobod mebel” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Samarqand viloyati

Bosimov Rustam Raxmatulloyevich - Guliston shahridagi “Bosimov Rustam Raxmatulloyevich” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Sirdaryo viloyati

Daniyarov Abdushoxid Abduganiyevich - Boyovut tumanidagi “Abdumavlon Daniyarov” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Sirdaryo viloyati

Zulpixarova Zamira Ergenovna - Guliston shahridagi “Istiqlol kommunal xizmat ta’mir” boshqaruv servis kompaniyasi rahbari, Sirdaryo viloyati

Nodirova Gulchexra Saidaxmatovna - Guliston tumanidagi “Aleyna textile” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Sirdaryo viloyati

Turayev Qobiljon Tinchlikovich - Guliston shahridagi “MMX PRO” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Sirdaryo viloyati

Xaytmetov Otabek Azadovich - Yangiyer shahridagi “Eco wood plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Sirdaryo viloyati

Boqijonov Ilhomjon Ismoilovich - Sherobod tumanidagi “Nasaf universal form” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Surxondaryo viloyati

Valnazarov Ravshanjon Xudoyberdi o‘g‘li - Denov tumanidagi “Ishonch sifatli halol xizmat” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Surxondaryo viloyati

Jumayeva Malikaxonim Alisher qizi - Termiz shahridagi “Nova pharm”  mas’uliyati cheklangan jamiyati ish boshqaruvchisi, Surxondaryo viloyati

Iminova Nargiza Djurayevna - Uzun tumanidagi “O‘ktam bobo shirinliklari” mas’uliyati cheklangan jamiyati ish boshqaruvchisi, Surxondaryo viloyati

Ishkobilov Shaydulla Temirovich - Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Mexanika” xususiy korxonasi direktori, Surxondaryo viloyati

Murodov Muxibullo Gulmurodovich - Sariosiyo tumanidagi “Surxon hisori qo‘ylari” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati

Xidirov Mirolim G‘ayratovich - Boysun tumanidagi “Boysun ugol” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Surxondaryo viloyati

Hasanov Begali O‘ralovich - Qiziriq tumanidagi “Xumoyiddin biznes klass servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi,  Surxondaryo viloyati

Nazarov A’zam Abdikadirovich - Angren shahridagi “Fresh market Angren” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati

Pirmatova Dildora Ilxamovna - Parkent tumanidagi “Elastikum” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent viloyati

Raximov Davron Raxmon o‘g‘li - O‘rta Chirchiq tumanidagi “Jannatmakon mebel” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati

Soliyev Azizbek Xabibullayevich - Yuqori Chirchiq tumanidagi “Sof gigiyenik” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Toshkent viloyati

Shavkatov Savlat Davlatovich - Zangiota tumanidagi “Mos pekar” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati

Asqarov Abdumalik Abdisatorovich - Toshloq tumanidagi “Xurmo eksport” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Farg‘ona viloyati

Yodgorova Malikaxon Boykuziyevna - Furqat tumanidagi “Mashxura ekspress market” xususiy tikuvchilik korxonasi rahbari, Farg‘ona viloyati

Mamadaliyev G‘ayratjon Ismonaliyevich - Quva tumanidagi “Mamadaliyev G‘ayratjon” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati

Mamadaliyev Maxamadali Raxmonovich - Farg‘ona tumanidagi “Rivoj-98” xususiy korxonasi bosh direktori, Farg‘ona viloyati

Maxsudov Ozodbek Baxromaliyevich - Oltiariq tumanidagi “Tinchlik meva export” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Farg‘ona viloyati

Tolipov Alpon Xamidjonovich - Uchko‘prik tumanidagi “Khat decor” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Farg‘ona viloyati

Xojiboyev Nodirbek Masaminovich - Farg‘ona shahridagi “Swissagro” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Farg‘ona viloyati

Sherqulov Abduraxmon Maxmutaliyevich - Uchko‘prik tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, Farg‘ona viloyati

Asmatillayev Raxmatilla Ibragimovich - Hazorasp tumanidagi “Hazorasp Amur baliqlari” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Xorazm viloyati

Karimov Gayrat Baxodirovich - Urganch shahridagi “Bog‘i Eram Xorazm” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Xorazm viloyati

Otajanova Dilnoza Ravshanbekovna - Xiva shahridagi “Xiva Dilnoza kulol” oilaviy korxonasi rahbari, Xorazm viloyati

Raximov Adilbek Erkinovich - Xiva shahridagi “Erkin Palas” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Xorazm viloyati

Sabirov Behzod Ko‘chkorovich - Tuproqqal’a tumanidagi “Space-S” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Xorazm viloyati

Sultanov Shavkat Ruzmamatovich - Xonqa tumanidagi “Xonqa express export” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Xorazm viloyati

Xodjayev Dilshod Ruzmatovich - “Fly Khiva group” xususiy aviakompaniyasi bosh direktori, Xorazm viloyati

Yuldashev Murodjon Ochildiyevich - Urganch shahridagi “Arton Urgench invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Xorazm viloyati

Abduazizov Boriy Abduvaliyevich - Yakkasaroy tumanidagi “Diva teks” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent shahri

Abdullayev Abdukayum Abdusattarovich - Mirobod tumanidagi “Qo‘noq hotels” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri

Abduraximova Zalina Ibadullayevna - Chilonzor tumanidagi “Nosirxon-Muslim” mas’uliyati cheklangan jamiyatining tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha direktori, Toshkent shahri

Abdufattaxov Nodir Abdufattaxovich - Ijtimoiy tarmoqlardagi “Mr. Etiket” sahifasi asoschisi, bloger

Akbarov Rashod Muxamedfatixovich - Bektemir tumanidagi “Baner print” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri

Aliyeva Dono Xayrullayevna - Yashnobod tumanidagi “Greenleaf produsts” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent shahri

Alimov Ismail Israildjanovich - Yashnobod tumanidagi “Isko” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri

Aslanov Zafariddin Xayrullayevich - Yunusobod tumanidagi “Sofizar” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri

Ashurov Behzod Akbar o‘g‘li - Bektemir tumanidagi “Mirzo Bobur” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri

G‘aybulloyev Nozimjon Abdunayimovich - Chilonzor tumanidagi “Rubber plast pharm” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri

Gulyamov Bexzod Xayotovich - “Oqtepa lavash” fastfud tarmog‘i asoschisi, Toshkent shahri

Djumayev Djasur Xurshidovich - Yunusobod tumanidagi “Uzum technologies” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Toshkent shahri

Jurayev Saydmurod Alixanovich - Yangihayot tumanidagi “Trust communal” boshqaruv servis kompaniyasi rahbari, Toshkent shahri

Islamova Dinara Ulugbekovna - Mirobod tumanidagi “Dodo pizza Tashkent” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent shahri

Ishmuxamedov Umidjon Kudratillayevich - Chilonzor tumanidagi “Edu Action” mas’uliyati cheklangan jamiyati kuzatuv kengashi raisi, Toshkent shahri

Mirzamuxamedov Muxtor Zaxidjanovich - Uchtepa tumanidagi “Mavis global” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri

Mirtursunov Zafar Shuxratovich - Yangihayot tumanidagi “Health line” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Toshkent shahri

Mullabayev Muzaffar Shaniyazovich - Mirobod tumanidagi “Asia kandi” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent shahri

Nasirxodjayev Yaxyoxo‘ja Boxodirovich - “Nano” xususiy klinikasi asoschisi, Toshkent shahri

Nuritdinov Aziz Rustamovich - Yunusobod tumanidagi “Eman” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri

Raximov Otabek Alisher o‘g‘li - Olmazor tumanidagi “Ijod-ijod” xususiy korxonasi rahbari, Toshkent shahri

Toshov Rustam Numonjonovich - Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “IT-Alliance SWS” yuridik shaxslar uyushmasi rahbari, Toshkent shahri

Tursunov Iskandar Muxammadiyevich - Yangihayot tumanidagi “Al Muamalat Consulting” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri

Ubaydullayev Azizbek Ubaydulla o‘g‘li - Yangihayot tumanidagi “Electronic autonomous solutions” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri

Shukurov Izzat Surat o‘g‘li - Mirobod tumanidagi “YandexGo UB” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev

Теглар

Мавзуга оид

Bir qator tadbirkorlar «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi | Vaqt.uz