Logo

Bitkoin ikki haftada qariyib 31 foizga qimmatladi

Бугун 16:201 дақиқа

Bitkoin narxi avgust oxiridagi pasayishdan keyin yana o‘sib, so‘nggi uch oydagi eng yuqori darajaga chiqdi.

Bitkoin ikki haftada qariyib 31 foizga qimmatladi © Foto: bloomberg

Avgust oyining ikkinchi yarmidan boshlab bitkoin narxi-keskin ko‘tarildi. 17-avgustda kriptovalyuta taxminan 62,8 ming dollardan savdo qilingan bo‘lsa, 19-avgustga kelib 69,3 ming dollarga yetdi.

O‘sish keyingi kunlarda ham davom etdi. 21-avgust kuni bitkoin narxi 79,5 ming dollarga chiqdi. 28-avgustda esa 81,4 ming dollargacha ko‘tarildi.

Shundan keyin kriptovalyuta-narxi-biroz pasayib, avgust oyi oxirida 78,6 ming dollar atrofida shakllandi. Biroq sentabr boshida o‘sish yana tiklandi va 3-sentabr kuni bitkoin 82,2 ming dollargacha qimmatladi.

17-avgustdan 3-sentabrgacha bo‘lgan davrda bitkoin narxi qariyb 19,4 ming dollarga oshdi. Bu ikki haftadan sal ko‘proq vaqt ichida 31 foizlik o‘sishni anglatadi.

Narx ko‘tarilishiga nima ta’sir qildi?

«Reuters» nashri bitkoin qiymati oshishining asosiy omillari sifatida AQSH dollarining zaiflashishi va AQSH G‘aznachiligining uzoq muddatli davlat obligatsiyalarini qayta sotib olish rejasini keltirgan.

Bitkoinning 82,2 ming dollarga chiqishi so‘nggi uch oydagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi. 4-sentabr holatiga ko‘ra, kriptovalyuta 81 ming dollar atrofida savdo qilinmoqda.

Shunga qaramay, joriy narx bitkoinning tarixiy maksimumiga nisbatan ancha past. Kriptovalyuta 2025 yil 6-oktabrda rekord darajaga chiqib, 126 ming dollardan oshgan edi.

Теглар

Мавзуга оид