Logo

Dam olish kunlari O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Бугун 11:522 дақиқа

Dam olish kunlari O‘zbekistonning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Yakshanba kuni esa issiq yana kuchayib, janubda havo +39 darajagacha yetadi.

Dam olish kunlari O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi? © Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

O‘zgidromet 4-5-iyul kunlari mamlakat bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Juma kuni kunduzi respublika hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kechqurun Toshkent viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Havo harorati +30...+33 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda +35...+37 darajagacha bo‘ladi.

4-iyul kuni esa faqat Farg‘ona vodiysida, shuningdek kechasi va ertalab Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Havo harorati deyarli o‘zgarmaydi.

5-iyul, yakshanba kuni O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati ko‘tarila boshlaydi va kunduzi havo

+34...+37 darajagacha, janubda +39 darajagacha isiydi. Shamol sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, 3-iyulda shamolda va cho‘l hududlarda 15-20 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

3-4-iyul kunlari tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkentda bugun kun davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechqurun qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat +31...+33 daraja bo‘ladi. Shanba kuni kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi +31...+33 daraja bo‘ladi. 5-iyul kuni esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzgi harorat +34...+36 darajagacha ko‘tariladi.

Harorat kechalari +18...+23 daraja atrofida bo‘ladi.

Shamol sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 10 metrgacha kuchayishi mumkin.

Теглар

Мавзуга оид