Davlat xaridlarida 23 mlrd so‘mlik qonunbuzilish aniqlandi
Raqobat qo‘mitasi Yoshlar ishlari agentligi, Innovatsion rivojlanish agentligi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan tenderlarda qonunbuzilish holatlari aniqlanganini ma’lum qildi.
© casmed.mdRaqobat qo‘mitasi tomonidan davlat xaridlarida olib borilgan o‘rganishlar natijasida bir qator davlat tashkilotlari tomonidan o‘tkazilgan tanlov savdolarida «Raqobat to‘g‘risida»gi qonun talablariga rioya etilmagani ma’lum bo‘lgan.
Raqobatni cheklovchi holatlar
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkazilgan jami qiymati 9,1 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan 6 ta;
Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan o‘tkazilgan jami qiymati 8 mlrd so‘mga yaqin bo‘lgan 6 ta;
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan jami 6,7 mlrd so‘mga yaqin bo‘lgan 10 ta tanlov savdolarida «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunning 29-moddasi talablariga rioya qilinmaganligi, ya’ni savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar aniqlangan.
Yuqoridagilarga ko‘ra, Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan qonun talablari buzilishi alomatlari bilan buyurtmachi tashkilotlarga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida takrorlamaslik yuzasidan bajarilishi majburiy ko‘rsatmalar berilgan.
Shuningdek, buyurtmachi tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari belgilanib, tegishli sud organlariga ma’lumotlar yuborildi.





