Logo

Dunyoda milliarderlar soni rekord darajaga yetdi

Бугун 13:461 дақиқа

Ularning umumiy boyligi 12,8 foizga oshib, 15,1 trln dollarni tashkil etdi.

Dunyoda milliarderlar soni rekord darajaga yetdi © Forbes

2025-yil yakuniga ko‘ra, dunyodagi milliarderlar soni rekord darajaga — 3 795 nafarga yetdi. Bu haqda «Altrata» hisobotida ma’lum qilindi.

8,2 foizlik o‘sish so‘nggi besh yildagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi. Bunga fond bozorlarining o‘sishi, pul-kredit siyosatidagi rag‘batlantirish choralari va sun’iy intellekt sohasiga investitsiyalar oqimining kuchayishi natijasida o‘ta boy insonlar boyligining jadal oshishi sabab bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bir yil davomida milliarderlar safiga 287 nafar yangi shaxs qo‘shilgan. So‘nggi 10 yilda ularning soni qariyb 60 foizga oshgan. 2025-yilda milliarderlarning umumiy boyligi rekord darajaga — 15,1 trln dollarga yetgan. Bu 2024-yilga nisbatan 12,8 foizga ko‘p.

Milliarderning o‘rtacha boyligi 4 mlrd dollarni tashkil etadi. Mediana ko‘rsatkich esa 2 mlrd dollarga yaqin. Bu eng boylar guruhidagi «supermilliarderlar» boyligining juda katta ekani va mablag‘lar bir tekis taqsimlanmaganini ko‘rsatadi. «Supermilliarderlar» qatoriga boyligi 50 mlrd dollardan ortiq bo‘lgan 29 kishi kiradi. Bugungi kunda bu kichik guruh milliarderlarga tegishli barcha aktivlarning 27 foizini nazorat qiladi. 2017-yilda bu ko‘rsatkich 7 foizni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning eng boy ayoli nomi e’lon qilingandi. «Forbes» reytingiga ko‘ra, mamlakatdagi eng badavlat ayollarning jami boyligi bir yil ichida 25,75 milliard dollardan 18,95 milliard dollargacha qisqargan.

Теглар

Мавзуга оид