Logo

Dunyoning yashash uchun eng qulay 10 shahri ma’lum qilindi

Бугун 20:152 дақиқа

Kuchli o‘nlikka asosan Yevropa shaharlari, shuningdek, Osiyo va Avstraliya megapolislari kiritilgan.

Dunyoning yashash uchun eng qulay 10 shahri ma’lum qilindi

Tokio dunyoning eng yashash qulay bo‘lgan shaharlari reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda «Monocle» jurnalining 2026 yilgi hayot sifati so‘rovnomasida (Quality of Life Survey 2026) ma’lum qilindi.

Ushbu ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni Kopengagen, uchinchi o‘rinni esa Lissabon band etdi. Nashr tomonidan tuzilgan kuchli o‘nlikka, shuningdek, Vena (4-o‘rin), Sidney (5-o‘rin), Syurix (6-o‘rin), Madrid (7-o‘rin), Parij (8-o‘rin), Myunxen (9-o‘rin) va Oslo (10-o‘rin) shaharlari kiritildi.

So‘rovnoma dunyoning 40 ta shahridagi muxbirlarga yuborilgan 30 ta savol asosida tuzilgan bo‘lib, unda xavfsizlik, transport tizimi, boshqaruv, yashil hududlar, shaharsozlik ambitsiyalari hamda soat 22:00 dan keyin ovqatlanish imkoniyatlari kabi mezonlar baholandi.

Baholash jarayonida «Knight Frank» ko‘chmas mulk mutaxassislari hamda «EIT Edition»ning 2025 yilgi velosiped transporti ulushini o‘lchaydigan «Copenhagenize» indeksi ma’lumotlaridan keng foydalanilganligi bildirildi.

Yevropaning yetakchiligi va mintaqaviy ko‘rsatkichlar

Tokioning yetakchiligiga uning barqarorligi, past jinoyatchilik darajasi, 2,5 trillion dollarlik YAIM ko‘rsatkichi va jamoat transportidagi tartib sabab qilib ko‘rsatildi.

Kopengagen o‘zining uzluksiz metro tizimi, velosiped infratuzilmasi va kommunal yashash tarzi bilan ajralib turgan bo‘lsa, Lissabon jamoat transportiga kiritilgan izchil sarmoyalar, elektr velosipedlar tarmog‘i hamda tarixiy do‘konlarini saqlab qolganligi bilan yuqori o‘rinni egalladi.
Tengsizlik, uy-joy muammolari va jinoyatchilikning yuqori darajasi sababli

Shimoliy Amerikadan faqatgina Vankuver (19-o‘rin) top-20 likka kira oldi. London va Los-Anjeles kabi yirik megapolislar ushbu ro‘yxatga umuman kiritilmadi. Shuningdek, Afrika va Yaqin Sharq shaharlari ma’muriy ambitsiyalarga ega bo‘lishiga qaramay, Yevropa va Osiyo bozorlariga nisbatan xavfsizlik darajasi yetarli emasligi sababli reytingdan joy olmaganligi ma’lum qilindi.
Reytingning keyingi o‘rinlari Stokgolm (11), Milan (12), Barselona (13), Singapur (14), Amsterdam (15), Xelsinki (16), Seul (17) va Melburn (18) shaharlariga taqsimlandi. Yigirmanchi o‘rinni esa Avstraliyaning Pert va Yaponiyaning Kioto shaharlari o‘zaro bo‘lishib oldi.

Теглар

Мавзуга оид