Logo

Hafta davomida harorat +42 darajagacha ko‘tariladi

Бугун 14:101 дақиқа

10-15-avgust kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududlarida issiq ob-havo saqlanadi. Ayrim kunlari havo +42 darajagacha ko‘tarilishi, ba’zi hududlarda esa shamol kuchayishi mumkin.

Hafta davomida harorat +42 darajagacha ko‘tariladi © Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

Hafta davomida O‘zbekiston bo‘ylab issiq va asosan quruq ob-havo hukm suradi. Kunduzgi havo harorati +37...+40 daraja atrofida, 12-13-avgust kunlari ba’zi joylarda +41...+42 gacha bo‘ladi. Kechalari harorat asosan +21...+26 daraja bo‘ladi.

Shu kunlarda havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat bugun kunduzi Toshkent viloyatida va haftaning ayrim kunlarida esa respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Shimolda, cho‘l hududlarda va 14-avgustda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi sekundiga 13-18 metr gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida bugun kunning ikkinchi yarmida shaharning ayrim joylarida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

11-14-avgust kunlari havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Havo harorati kechalari +23...+26 daraja, kunduz kunlari +37...+40 daraja, 12-13-avgustda +41 darajagacha bo‘ladi. Shamol sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi.

Теглар

Мавзуга оид