Isʼhoqjon domla yana imom bo‘ldi
Isʼhoqjon Begmatov Olmazordagi masjidga imom etib tayinlandi, u avval bahslar sabab faoliyatidan ozod etilgan edi.

Toshkent shahridagi Olmazor tumanida joylashgan «Mirza G‘olib» masjidiga Is1hoqjon domla Begmatov imom-xatib sifatida tayinlandi. U av «Imom Termiziy» jome masjidida shu lavozimda faoliyat yuritgan.
2023-yil 25-avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi qarori bilan Is1hoqjon domla Begmatov faoliyatidan ozod etilgan edi. Bu qaror uning jamoatchilik orasida keng muhokamalarga sabab bo‘lgan chiqishlari ortidan qabul qilingan.
Bahsli chiqishlari
Xususan, u soliqlar va keshbek tizimi haqida bildirgan fikrlari bilan bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan. Uning aytishicha, tadbirkorlarga keshbek berish majburiyati yuklatilishi ayrim hollarda ularga nisbatan bosim sifatida baholanishi mumkin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi ichki nazorat komissiyasi mazkur chiqishlarni ko‘rib chiqqan va ularni keskin tanqid qilgan. Idora bu fikrlar rasmiy pozitsiyani aks ettirmasligi, balki shaxsiy qarashlar ekanini ta’kidlagan.
Shuningdek, komissiya imom-xatib avval ham bir necha bor ogohlantirilganini, ammo shunga qaramay bahsli chiqishlar takrorlanganini qayd etgan. Begmatov esa o‘z xatosini tan olib, pushaymonligini bildirgan.
Diniy idora keshbek tizimi bo‘yicha avval ham fatvo berib, undan tushadigan mablag‘ muayyan shartlar asosida joiz ekanini bildirgan. Bunda aldov va foiz elementlari bo‘lmasligi muhim shart sifatida qayd etilgan.
Shu bilan birga, soliqlar davlat iqtisodiyotida muhim o‘rin tutishi, ijtimoiy sohalar va infratuzilmani moliyalashtirishda asosiy manba ekani ta’kidlangan.





