Islom Karimov majmuasini ta’mirlashga 3,4 mlrd so‘m ajratildi

Бугун 16:552 дақиқа

Toshkent shahri hokimining qarori bilan Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasini rekonstruksiya qilish uchun 3 mlrd 435 mln so‘m ajratilib, loyihani amalga oshirish bo‘yicha buyurtmachi tashkilot belgilandi.

Islom Karimov majmuasini ta’mirlashga 3,4 mlrd so‘m ajratildi © Фото: Президент матбуот хизмати

Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi hududida ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun 3 mlrd 435 mln so‘m ajratildi. Shahar hokimi Shavkat Umurzoqovning shu haqdagi tegishli qarori 6-aprel kuni qabul qilindi.

Hujjatda qayd etilishicha majmua hudadida ta’mirlash ishlarini amalga oshirish va buni uchun Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ni ajratish Toshkent shahar hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonovning taklifi bo‘lgan. Hokim qarori bilan uning taklifi ma’qullangan.

Obyektda loyihalash va qurilish ishlarini olib borish bo‘yicha buyurtmachi etib Toshkent shahar hokimligi «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi belgilangan. Kompaniya obyektni loyihalash hamda qurilish ishlari bo‘yicha bosh loyihachi va pudrat tashkilotlarini o‘rnatilgan tartibda aniqlaydi.

Qarorda Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari, Toshkent shahar hokimligi «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi, «Toshkent Invest kompaniyasi» AJ mazkur obyektda belgilangan ishlarini amalga oshirish uchun talab etilayotgan 3 mlrd 435 mln so‘m mablag‘ni Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Toshkent shahar hokimligining «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasiga ajratish bo‘yicha «Toshkent Invest kompaniyasi» AJ Kuzatuv kengashiga taklif kiritishi belgilangan.

Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov, «Toshkent Invest kompaniyasi» AJ ajratilgan mablag‘ning ijrosi bo‘yicha Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga hisobot kiritishi, Toshkent shahar G‘aznachilik xizmati boshqarmasi ajratilgan mablag‘larni o‘rnatilgan tartibda moliyalashtirish choralarini ko‘rishi, Toshkent shahar hokimligi «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi ajratilgan mablag‘larni o‘rnatilgan tartibda maqsadli sarflanishini ta’minlashi belgilangan.

Mazkur qarorning ijrosini nazoratni qilish Toshkent shahar hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov zimmasiga yuklangan.

Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25-apreldagi tegishli qarori asosida Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish va merosini har tomonlama o‘rganish maqsadida tuzilgan. Majmua tarkibiga muzey, ilmiy-tadqiqot va ta’lim markazi, kutubxona hamda konferensiya zali kiradi. Majmua o‘z faoliyatini Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi bilan o‘zaro hamkorlikda olib boradi.

Теглар

Мавзуга оид