Logo

JCH-2026 tomoshabinlar soni bo‘yicha tarixiy rekord o‘rnatdi

Бугун 12:522 дақиқа

2026 yilgi Jahon chempionatiga ikki hafta ichida 3,6 milliondan ziyod muxlis tashrif buyurgan.

JCH-2026 tomoshabinlar soni bo‘yicha tarixiy rekord o‘rnatdi

2026-yil futbol bo‘yicha Jahon chempionati FIFA tarixidagi eng ko‘p tomoshabin tashrif buyurgan turnir sifatida rasman qayd etildi.

NBC telekanali ma’lum qilishicha, avvalgi eng yuqori natija 1994 yil AQSH mezbonlik qilgan Jahon chempionatida qayd etilgan edi.

25-iyun holatiga ko‘ra, AQSH, Kanada va Meksikada davom etayotgan musobaqaning dastlabki ikki haftasidayoq 3,6 milliondan ortiq muxlis stadionlarga tashrif buyurgan.

Yangi rekord Germaniya–Ekvador hamda Kot-d’Ivuar–Kyurasao o‘rtasidagi o‘yinlardan so‘ng rasman qayd etildi. Shu paytga kelib turnirning umumiy tomoshabinlar soni 3 mln 605 ming 357 nafarga yetgan.

FIFA ushbu ko‘rsatkichni Jahon chempionatlari tarixidagi eng yuqori natija sifatida e’tirof etdi. Turnir hali davom etayotganini hisobga olganda, yakuniy tashriflar soni yanada yuqori bo‘lishi kutilmoqda.

Yuqori tomoshabinlar oqimiga bir nechta omillar ta’sir ko‘rsatmoqda. Avvalo, musobaqaning AQSH, Kanada va Meksikada bir vaqtning o‘zida o‘tkazilayotgani hamda o‘yinlar ko‘plab shaharlarda tashkil etilayotgani muxlislar qamrovini sezilarli darajada kengaytirdi.

Shu bilan birga, mezbon mamlakatlardagi katta sig‘imli stadionlar ham rekord ko‘rsatkich qayd etilishida muhim o‘rin tutmoqda. Ayniqsa, AQSHdagi arenalar avvalgi Jahon chempionatlarida foydalanilgan stadionlarga nisbatan ancha ko‘p tomoshabinni qabul qila oladi.

Taqqoslash uchun, 2022 yil Qatarda bo‘lib o‘tgan mundialda stadionlarning aksariyatining sig‘imi taxminan 45 ming o‘rinni tashkil etgan edi. AQSHdagi stadionlar esa 70–80 mingdan ortiq muxlisni bir vaqtning o‘zida qabul qilish imkoniyatiga ega.

Россия - Украина уруши

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026

JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.

Теглар

Мавзуга оид