Logo

Ketma-ket ikkinchi oy: O‘zbekiston xalqaro zaxiralari bir oyda 6,8 mlrd dollarga kamaydi

Бугун 19:262 дақиқа

O‘zbekistonning rasmiy xalqaro zaxiralari iyun oyida 6,8 mlrd dollarga kamayib, 1-iyul holatiga 63,76 mlrd dollarni tashkil etdi. Pasayishga asosan jahon bozorida oltin narxining tushishi ta’sir qilgan. Shu bilan birga, zaxiralar tarkibidagi oltinning fizik hajmi oshishda davom etgan.

Ketma-ket ikkinchi oy: O‘zbekiston xalqaro zaxiralari bir oyda 6,8 mlrd dollarga kamaydi © Bloomberg

O‘zbekistonning rasmiy xalqaro zaxiralari iyun oyida 6,8 mlrd dollarga kamayib, 1-iyul holatiga 63,76 mlrd dollarni tashkil etdi. Pasayishga asosan jahon bozorida oltin narxining tushishi ta’sir qilgan. Shu bilan birga, zaxiralar tarkibidagi oltinning fizik hajmi oshishda davom etgan.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 2026 yil 1-iyul holatiga 63,76 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu iyun boshidagi ko‘rsatkichdan 6,83 mlrd dollar yoki 9,7 foizga kam.

Bu zaxiralarning ketma-ket ikkinchi oy kamayishidir. May oyida O‘zbekiston xalqaro zaxiralari 307 mln dollar atrofida qisqargan bo‘lsa, iyun oyida pasayish ancha keskinlashdi.

Zaxiralar tarkibidagi oltin qiymati bir oyda 61,44 mlrd dollardan 55,76 mlrd dollargacha kamaydi. Shu bilan birga, oltinning sof hajmi 13,6 mln troy unsiyadan 13,88 mln troy unsiyagacha oshgan. Ya’ni pasayish oltin hajmi kamaygani bilan emas, asosan jahon bozoridagi narx tushishi bilan izohlanadi.

Markaziy bank izohida iyun oyida oltin narxi 4 516,85 dollardan 4 016,70 dollargacha tushgani qayd etilgan. Regulyatorga ko‘ra, faqat shu omilning o‘zi zaxiralarga 6,9 mlrd dollarlik salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Xorijiy valutadagi zaxira aktivlari ham kamaygan. Ular bir oyda 8,57 mlrd dollardan 7,44 mlrd dollarga tushdi. Jumladan, naqd valuta va depozitlar hajmi 5,72 mlrd dollardan 4,58 mlrd dollargacha qisqargan.

Zaxiralar tarkibida oltin asosiy ulushni egallashda davom etmoqda. 1-iyul holatiga oltin qiymati 55,76 mlrd dollarni tashkil etgan. Bu jami rasmiy zaxira aktivlarining qariyb 87,5 foiziga teng.

Xorijiy valutadagi zaxira aktivlari ham bir oyda 8,57 mlrd dollardan 7,44 mlrd dollargacha kamaygan. Bunda naqd valuta va depozitlar 5,72 mlrd dollardan 4,58 mlrd dollargacha qisqargan. Qimmatli qog‘ozlar hajmi esa deyarli o‘zgarmay, 2,86 mlrd dollar atrofida saqlanib qolgan.

2026 yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekiston xalqaro oltin-valuta zaxiralari:

Sana

Xalqaro zaxiralar

Shundan oltin

1-yanvar 2026

$66,31 mlrd

$55,09 mlrd

1-fevral 2026

$75,08 mlrd

$64,98 mlrd

1-mart 2026

$77,09 mlrd

$67,67 mlrd

1-aprel 2026

$68,99 mlrd

$60,85 mlrd

1-may 2026

$70,89 mlrd

$61,59 mlrd

1-iyun 2026

$70,58 mlrd

$61,44 mlrd

1-iyul 2026

$63,76 mlrd

$55,76 mlrd

Avvalroq O‘zbekiston may oyida oltin sotuvini amalga oshirmagani haqida xabar berilgandi.

Теглар

Мавзуга оид