Kurer va qorovul mojarosi: qorovul 10 sutkaga «kesildi»
Ijtimoiy tarmoqlarda kurer yigit va ko‘p qavatli uy qorovuli o‘rtasidagi tortishuv keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan sud bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Vaqt.uz muxbiri.
Hodisa qanday bo‘lgandi?
Holat shu yilning 6-sentabr kuni soat tahminan 14:30 larda poytaxtning Yunusobod tumani Bog‘irabon ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birining oldida sodir bo‘lgan. Poytaxt IIBB Vaqt.uz ga ma’lum qilishicha, 52 yoshli ko‘p qavatli uy qorovuli va 20 yoshli yetkazib berish xizmati xodimi o‘rtasida og‘zaki tortishuv yuzaga kelgan.
Mazkur holat yuzasidan ayblanuvchiga nisbatan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi ( mayda bezorilik ) alomatlari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan.
Sud qarori
Ushbu sud jarayonida ishtirok etgan Vaqt.uz muxbiriga ko‘ra, sud boshida avval jabrlanuvchi yigit va ayblanuvchi qorovulning so‘zlari tinglandi. Har ikki tomon fikri eshitilgandan so‘ng, Jinoyat ishlari bo ’yicha Yunusobod tuman sudi sudyasi Bobomurod Karimov sud qarorini o‘qib eshittirdi. Unga ko‘ra, ayblanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi bilan aybdor deb topilib, 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Теглар






