Manba: Bloger Otabek Hamidov qo‘lga olindi

Бугун 20:471 дақиқа

«Vaqt.uz» muxbiri voqea tafsilotlarini o‘rgandi.

Manba: Bloger Otabek Hamidov qo‘lga olindi © Ijtimoiy tarmoqlar

Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan bloger Otabek Hamidov qo‘lga olindi. Bu haqda huquq tartibot organlaridagi manbalariga tayanib, «Vaqt.uz» muxbiri xabar bermoqda.

Voqea tafsilotlari

Hamidovning yaqinlari bergan ma’lumotga ko‘ra, mazkur holat ikki yil oldin sodir bo‘lgan voqealar bilan bog‘liq bo‘lib, vaziyat ancha munozarali hisoblanadi.

Jumladan ikki yil avval Otabek Hamidov otasining vafoti munosabati bilan Asaka tumaniga borgan. Maraka tadbirlaridan so‘ng bloger Toshkentga qaytgan, uning turmush o‘rtog‘i esa Asakadagi xonadonda qolgan.

Hamidov ketgan kuni uning uyiga noma’lum ayol kelib, «omonat topshirishi kerakligini» aytgan va 500 AQSH dollari miqdoridagi pulni Hamidovning ayoliga qoldirgan.

Blogerning ayoli esa pulning kelib chiqishi bilan qiziqmay, uni qabul qilib olgan. Oradan 10 daqiqa o‘tib, xonadonga huquq tartibot idoralarining tezkor xodimlari kirib kelgan va yostiq ostiga qo‘yilgan pullarni ashyoviy dalil sifatida olishgan.

Hozir yaqinlari Otabek Hamidovning ushbu pullardan mutlaqo xabari bo‘lmaganini ta’kidlashmoqda.

Ta’kidlanishicha, ayni vaqtda bloger Andijon viloyati IIBda ushlab turilibdi.

Andijon viloyat IIBB matbuot kotibi Sherzod Nuriddinov Vaqt.uz muxbiri savoliga javoban holatni tasdiqladi, ammo qo‘shimcha ma’lumot berishni rad etdi. Unga ko‘ra, tez orada vaziyat yuzasidan viloyat IIBBning rasmiy axboroti e’lon qilinadi.

Теглар

Мавзуга оид