Logo

Octobank Global Banking & Finance Awards 2026 talqiniga ko‘ra "Eng yaxshi raqamli bank" va "O‘zbekistonda g‘aznachilik operatsiyalari bo‘yicha eng yaxshi bank" deb topildi

Бугун 19:163 дақиқа

Bugungi kunda Octobank xizmatlaridan 3,6 milliondan ortiq mijozlar foydalanmoqda, bankning xalqaro infratuzilmasi esa Yevropa, Yaqin Sharq va Osiyoning asosiy moliya markazlarini qamrab olgan.

Octobank Global Banking & Finance Awards 2026 talqiniga ko‘ra "Eng yaxshi raqamli bank" va "O‘zbekistonda g‘aznachilik operatsiyalari bo‘yicha eng yaxshi bank" deb topildi

"Octobank" AJ nufuzli Global Banking & Finance Awards 2026 mukofoti sovrindori bo‘ldi va mintaqadagi bank faoliyatining ikkita strategik yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro e’tirofga sazovor bo‘lgan kam sonli banklar qatoriga kirdi.

Mukofotlash natijalariga ko‘ra, bank quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib bo‘ldi:

  • Best Digital Bank Uzbekistan 2026 — «O‘zbekistonning 2026 yildagi eng yaxshi raqamli banki»;

  • Best Bank for Treasury Activities Uzbekistan 2026 — «2026 yilda g‘aznachilik operatsiyalari bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi banki».

"Best Digital Bank Uzbekistan 2026" mukofoti bankning raqamli moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish va mijozlar uchun xalqaro imkoniyatlarni kengaytirish borasidagi faoliyatini e’tirof etadi.

Asosiy yo‘nalishlardan biri xorijda ishlayotgan, o‘qiyotgan va biznes yuritayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun transchegaraviy to‘lov xizmatlarini rivojlantirish bo‘ldi. 2025–2026 yillarda Octobank Qozog‘istonning eng yirik fintex ilovasi Kaspi.kz va Janubiy Koreyaning E9pay to‘lov platformasi orqali O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri pul o‘tkazmalarini ishga tushirdi, bu esa xalqaro o‘tkazmalarni yanada tezroq, qulayroq va samarali qildi.

Shu bilan birga, bank Octo-Mobile raqamli platformasini rivojlantirishni davom ettirdi. Foydalanuvchilarga JETT platformasi orqali investitsiya imkoniyatlari, Alipay+ asosidagi xalqaro to‘lov xizmatlari, shuningdek, MyID Palm kafti bilan biometrik to‘lov qilishning innovatsion texnologiyasi taqdim etildi. Bugungi kunda Octobank mijozlar bazasi 3,6 milliondan ortiq.

Ikkinchi mukofot — "Best Bank for Treasury Activities Uzbekistan 2026" — bankning g‘aznachilik infratuzilmasini rivojlantirishdagi yutuqlarini ta’kidlaydi. So‘nggi yillarda Octobank o‘z vakillik tarmog‘ini kengaytirdi va Money Market, FX Market, Interbank Deposit Market, Derivatives Market va Custody Market moliya bozorlarida g‘aznachilik vositalari bilan ishlash tizimini yaratdi. Bu esa mijozlarga Bloomberg va Refinitiv platformalari orqali Shimoliy Amerika, Yevropa, Lotin Amerikasi, Yaqin Sharq va ASEAN mamlakatlari moliya bozorlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkoniyatini ta’minladi.

Bank, shuningdek, Hindiston, Singapur, Janubiy Koreya va AQSH bilan xalqaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirmoqda. Vakillik tarmog‘ining kengayishi xalqaro hisob-kitoblar tezligini oshirish, tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish va tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi mijozlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish imkonini bermoqda.

«Biz xalqaro ekspertlar hamjamiyatiga Octobank yutuqlarini yuqori baholaganlari uchun minnatdormiz. Bir vaqtning o‘zida ikkita Global Banking & Finance Awards mukofotini qo‘lga kiritish zamonaviy raqamli xizmatlar va xalqaro moliyaviy infratuzilmani rivojlantirishga asoslangan strategiyamiz samaradorligini tasdiqlaydi.

Biz xalqaro hamkorlikni kengaytirish, texnologiyalarga sarmoya kiritish hamda O‘zbekistonda va undan tashqarida mijozlar va biznes uchun yangi imkoniyatlar yaratishda davom etamiz», — dedi Octobank boshqaruvi raisi o‘rinbosari Sardor Shavkiyev.

Global Banking & Finance Awards mukofoti 2011 yilda ta’sis etilgan bo‘lib, jahon moliya hamjamiyatining innovatsiyalari va yutuqlarini e’tirof etadi. Ishtirokchilar innovatsion amaliyotlar va yondashuvlarni rivojlantirishdagi muhim natijalari uchun taqdirlanadilar.

Теглар

Мавзуга оид