Logo

«Open budget»ning ikkinchi mavsumi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Бугун 13:551 дақиқа

Bu galgisi «Tashabbusli budjet» jarayoni joriy etilganidan buyon o‘tkazilayotgan o‘n birinchi mavsum hisoblanadi.

«Open budget»ning ikkinchi mavsumi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi © Ijtimoiy tarmoqlar

2026 yilning 15-iyulidan «Tashabbusli budjet» jarayonining joriy yildagi ikkinchi mavsumi boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Ushbu mavsum «Tashabbusli budjet» jarayoni joriy etilganidan buyon o‘tkazilayotgan o‘n birinchi mavsum hisoblanadi.

Rejaga ko‘ra, 15-iyuldan 3-avgustgacha loyihalarni kiritish, 4–18-avgust kunlari loyihalarni saralash, 19–21-avgust kunlari targ‘ibot bosqichi bo‘lib o‘tadi. Ovoz berish jarayonlari esa 22-avgustdan 31-avgustga qadar davom etadi.

Qo‘shimcha g‘oliblarni e’lon qilish bosqichini esa 1–10-sentabrda o‘tkazish reja qilingan.

Ma’lumot uchun, an’anaviy ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra g‘olib loyihalar 1-sentabr — O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi bayrami kuni e’lon qilinadi.
 
Ma’lumot uchun, «Tashabbusli budjet» jarayonlarida ovoz berish faqatgina «Open budget» axborot portali, portalning Android va iOS tizimlarida ishlovchi mobil ilovalari hamda Telegram’dagi rasmiy bot orqali amalga oshiriladi. Bunda amaldagi tartibga ko‘ra, berilgan ovozlar uchun hech qanday to‘lov talab etilmasligi bilan bir qatorda hech qanday moddiy rag‘batlantirishlar ham nazarda tutilmagan.

Avvalroq, Iqtisodiyot va moliya vazirligi so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda norasmiy Telegram botlari orqali «Tashabbusli budjet» jarayonlarida ovoz berish evaziga pul mukofotlari taklif etish holatlari keng tarqalganini ta’kidlab, bunday xabarlarga ishonmaslikka chaqirgandi.

Теглар

Мавзуга оид