Ozarboyjon prezidenti rafiqasi bilan birga Buxoroga bordi
Buxoro xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kutib oldi.
© Foto: president.uzOzarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi Mehribon Aliyeva bilan O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida Buxoro shahriga keldi.
Buxoro xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kutib oldi. Aeroportda tantanali kutib olish marosimi tashkil etildi.
Bugun Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev qadimiy Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qilishi kutilmoqda. Shuningdek, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish ham rejalashtirilgan.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev sammitning ikkinchi kuni tadbirlarida ishtirok etish uchun Buxoro shahriga kelgan edi.
Prezident tashrifi xayrli amaldan — Bahouddin Naqshband maqbarasi ziyoratidan boshlandi. Bu yerda Qur’on oyatlari tilovat qilinib, xalqimizga tinchlik va farovonlik tilab duo o‘qildi.
Majmua islom olamining ulug‘ qadamjolaridan biri hisoblanadi. Mazkur ziyoratgoh Naqshbandiya tariqatining asoschisi Bahouddin Naqshband dafn etilgan joyda barpo etilgan bo‘lib, bugungi kunda maqbara, xonaqoh, masjidlar, daxma va so‘fiylik tarixi muzeyini o‘z ichiga oladi.




