Logo

O‘zbekiston aholisi 39 milliondan oshdi

Бугун 11:251 дақиқа

2026 yilgi aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining dastlabki natijalariga O‘zbekiston aholisi soni 39 047 321 nafarga yetdi. Aholining 89,4 foizini o‘zbeklar tashkil qilmoqda.

O‘zbekiston aholisi 39 milliondan oshdi © Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

Ayni vaqtda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining dastlabki natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Anjumanda ma’lum qilinishicha, ro‘yxatga olishning dastlabki natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi soni 39 047 321 nafarni tashkil etdi.

Joriy statistik hisob-kitoblar bo‘yicha ushbu ko‘rsatkich 38 236 704 nafar edi. Farq 810,6 ming nafarni tashkil qildi. Shuningdek, aholi soni 1989 yildagi ro‘yxatga olish natijalariga nisbatan 2 barobarga oshgani ma’lum qilindi.

Shuningdek, umumiy aholining 97,3 foizi ro‘yxatga olingan. Aholining 2,7 foizi esa turli sabablarga ko‘ra ro‘yxatga olish jarayonlarida ishtirok etmagan.

Ma’lum qilinishicha, aholining 35,7 mln nafari yoki 91,3 foizi o‘zbek tilini ona tili sifatida ko‘rsatgan. Aholining millatlar bo‘yicha tarkibida o‘zbeklar ulushi 89,4 foizni tashkil etgan.

2025 yil oktabr oyida O‘zbekiston aholisi soni 38 million kishidan oshgan edi.  

Теглар

Мавзуга оид