O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida aviaqatnov tiklandi

Бугун 08:001 дақиқа

Parvozlar haftaning dushanba, seshanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi.

O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida aviaqatnov tiklandi

Bugun, 14-apreldan boshlab Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, parvozlar «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi tomonidan haftaning dushanba, seshanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi.

Parvozlar jadvali quyidagicha ko‘rinish olgan:

Dushanba va payshanba kunlari: Toshkentdan uchish soat 08:05 va 08:10 ga belgilangan. Tel-Avivdan qaytish esa soat 13:35 va 12:35 da amalga oshiriladi.

Seshanba kunlari: Toshkentdan Tel-Avivga soat 15:15 da parvoz qilinadi. Tel-Avivdan qaytish reysi esa Samarqand shahri orqali o‘tib, soat 20:15 da amalga oshiriladi.

Dam olish kunlari, ya’ni yakshanba kuni Toshkent – Samarqand – Tel-Aviv yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlar joriy etiladi. Isroil shahridan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaytish esa soat 13:35 da amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Теглар

Мавзуга оид

O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida aviaqatnov tiklandi | Vaqt.uz