Logo

O‘zbekistonda dollarga bo‘lgan talab 17,7 foizga oshdi

Joriy yil yanvar-iyul oylarida valutaga bo‘lgan talab 38,2 mlrd dollarga yetdi, so‘m 0,4 foiz mustahkamlandi.

O‘zbekistonda dollarga bo‘lgan talab 17,7 foizga oshdi © NGOC THANG

2026 yil yanvar-iyul oylarida yuridik va jismoniy shaxslarning chet el valutasiga bo‘lgan jami talabi 38,2 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 17,7 foizga ko‘p. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2025 yilning mazkur davrida mamlakatda chet el valutasiga bo‘lgan jami talab 32,5 mlrd dollar bo‘lgan.

Taklif ham o‘sdi

Qayd etilishicha, yuridik va jismoniy shaxslarning chet el valutasi jami taklifi 2025 yilning mos davriga nisbatan 7,2 mlrd dollar yoki 28 foizga oshib, 33 mlrd dollarga yetgan.

2026 yilning yanvar-iyul oylarida aholi tomonidan tijorat banklariga 14,6 mlrd dollar sotilgan bo‘lsa, yuridik shaxslar tomonidan sotilgan valuta mablag‘lari 18,4 mlrd dollarni tashkil etgan.

So‘m 0,4 foiz mustahkamlandi

Hisobot davrida dollar kursi 11 910–12 320 so‘m oralig‘ida o‘zgarib turgan. Shu bilan birga, yanvar-iyul oylari yakuniga ko‘ra, milliy valuta dollarga nisbatan qariyb 0,4 foizga mustahkamlangan.

Kurs tebranishining o‘rtacha ko‘rsatkichi 32 so‘m yoki 0,27 foizni tashkil etgan. 2025 yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 28,2 so‘m yoki 0,22 foiz bo‘lgan.

Теглар

Мавзуга оид

O‘zbekistonda dollarga bo‘lgan talab 17,7 foizga oshdi | Vaqt.uz