O‘zgidromet 27-fevral kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi

26.02.2026 | 15:452 дақиқа

Ertaga O‘zbekiston bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati o‘rtacha +8...+15 daraja, janubiy viloyatlarda esa +20 darajagacha ko‘tariladi.

O‘zgidromet 27-fevral kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi © Javhar Chorshanbiyeva

O‘zgidromet 27-fevral kuni O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havi ma’lumotlarini e’lon qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ertaga Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +3...+5 daraja iliq, kunduzi +12...+14 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 9-14 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -2-7 daraja sovuq, kunduzi -2...+3 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +1...+6 daraja iliq, kunduzi +9...+14 daraja iliq, Navoiy viloyati cho‘l hududida kechasi -2 daraja sovuq, +3 daraja iliq, kunduzi +3...+8 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +1...+6 daraja iliq, kunduzi +10...+15 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7 daraja iliq, kunduzi +15...+20 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7 daraja iliq, kunduzi +10...+15 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sel-suv hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 9-14 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -2...-7 daraja sovuq, kunduzi 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.

Теглар

Мавзуга оид