Rossiya o‘z zaxirasidagi oltinlarni sotishni boshladi

21.02.2026 | 09:282 дақиқа

Neft va gaz tushumlari qisqarayotgan bir paytda Rossiya Markaziy banki oltin tillasini kamaytirdi. Yanvar oyida zaxira 300 ming unsiyaga qisqargani ma’lum bo‘ldi.

Rossiya o‘z zaxirasidagi oltinlarni sotishni boshladi

Rossiya Markaziy banki uzoq tanaffusdan so‘ng tilla zaxiralarini qisqartirdi. «Bloomberg» ma’lumotiga ko‘ra, yanvar oyida zaxira hajmi 300 ming unsiyaga kamayib, 74,5 mln unsiyani tashkil etgan. Bu o‘tgan yil oktabridan beri qayd etilgan birinchi pasayishdir.

Agentlikning ta’kidlashicha, operatsiya jahon bozorida tilla narxi tarixiy maksimumga chiqqan paytga to‘g‘ri kelgan. Yanvar oyida o‘rtacha narx bir unsiya uchun taxminan 4700 dollar atrofida bo‘lgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu sotuv budjetga taxminan 1,4 mlrd dollar tushum keltirgan bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga, jismoniy hajm kamayganiga qaramay, tillaning pul ifodasidagi umumiy qiymati 23 foizga oshgan. Bu jahon bozorida narxlar rekord darajada o‘sgani bilan izohlanmoqda.

 

Neft tushumlari bosimi

Markaziy bank oltin zaxiralarini Milliy farovonlik jamg‘armasi aktivlarini sotish bilan bog‘liq operatsiyalarda faolroq qo‘llay boshlagan. Bu esa davlat moliya siyosatidagi o‘zgarishlarga ishora qilmoqda.

Rossiya Moliya vazirligi neft va gaz eksportidan tushayotgan daromadlar kamayishini qoplashga harakat qilmoqda. Energiya resurslari narxining pasayishi va tashqi cheklovlar budjetga bosimni kuchaytirgan.

Tahlilchilarning fikricha, oltin tillasini sotish qisqa muddatli likvidlik muammosini yumshatishi mumkin, biroq bu uzoq muddatli barqarorlik uchun yetarli mexanizm emas.

 

Budjet muvozanati

Rossiya budjeti so‘nggi oylarda neft va gaz tushumlariga katta darajada bog‘liqligini namoyon etmoqda. Energetika sektori federal daromadlarning salmoqli qismini ta’minlaydi.

Neftdan kelayotgan dollarlar qisqarishi budjet taqchilligini oshirish xavfini kuchaytirmoqda. Shu sharoitda oltin zaxiralarini qisqartirish moliyaviy manyovr sifatida ko‘rilmoqda.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, zaxira aktivlarini sotish taktik chora bo‘lib, iqtisodiy bosim davom etsa, davlat moliya siyosatida yanada keskin qarorlar talab etilishi mumkin.

Теглар

Мавзуга оид