Logo

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda Laylo Aliyeva va O‘g‘uljahon Atabayeva bilan uchrashdi

Бугун 19:241 дақиқа

Uchrashuv xayriya va ijtimoiy loyihalar doirasidagi hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan.

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda Laylo Aliyeva va O‘g‘uljahon Atabayeva bilan uchrashdi © Saida Mirziyoyeva Telegram kanali

O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Ashxobod shahrida G‘amxo‘rlikka muhtoj bolalarga yordam ko‘rsatish xayriya jamg‘armasi vitse-prezidenti O‘g‘uljahon Atabayeva hamda Haydar Aliyev jamg‘armasi vitse-prezidenti Laylo Aliyeva bilan uchrashdi.

«Muloqotlarimiz yaxshi an’anaga aylanib qoldi. Har safar fikr almashganimizda umumiy g‘oyalarimiz boyib, hamkorlikda yangidan-yangi loyihalar yuzaga kelmoqda. O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjonni ko‘p asrlik do‘stlik, o‘zaro ishonch va mushtarak qadriyatlar bog‘lab turadi. Uchrashuvlarimiz bundan keyin ham faqat yaxshilikka xizmat qilishini, odamlarga nafi tegadigan ezgu amallarga aylanib, mamlakatlarimizni bir-biriga yanada yaqinlashtirishini istardim», – deya yozdi Mirziyoyeva Telegram-kanalida.

Теглар

Мавзуга оид

Saida Mirziyoyeva Ashxobodda Laylo Aliyeva va O‘g‘uljahon Atabayeva bilan uchrashdi | Vaqt.uz